Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
🏗️ OLTINSOYDA OBODONLASHTIRISH VA QURILISH SIFATI NAZORAT OSTIDA – XALQ VAKILLARI FAOLLAR BILAN JOYLARDA

 🗓 2025-yil 15-oktyabr kuni, Oltinsoy tumani “22-Mingchinor” saylov okrugidan saylangan Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi deputati Turdiyev Akrom Abdimuratovich boshchiligida “Tog‘ay Murod” mahallasida navbatdagi uchrashuv va hududiy monitoring ishlari amalga oshirildi. 

👥 Uchrashuv davomida: 

· Mahallada olib borilayotgan obodlashtirish ishlari

· Aholi uchun yaratilayotgan qulay yashash sharoitlari

· Ichimlik suvi tarmoqlarini tortish va elektr beton ustunlarni o‘rnatish holati; 

· Qurilish ishlari va infratuzilma yangilanishi loyiha talablariga muvofiqligi jihatidan o‘rganildi. 

📍 Faoliyatlar joyiga chiqib, deputat hamda mahalla faollari ishtirokida ish sifati, muddatlarga rioya etilishi, texnik xavfsizlik va qurilish standartlarining bajarilishi yuzasidan amaliy monitoring olib borildi. 

💬 Shuningdek, aholi vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, fuqarolarning mavjud muammolari, takliflari va ehtiyojlari tinglandi. Ayrim masalalar
bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga aniq topshiriqlar berildi. 

📈 Ushbu tashrif va monitoring ishlari “Tog‘ay Murod” mahallasida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, hududiy muammolarni joyida hal etish va davlat dasturlarining samarali ijrosini ta’minlashga xizmat qilmoqda. 

  Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati 

Slide 1 of 6