Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalıq deputatları Qaraózek rayonlıq Keńesi 12-Qara kól okrugi deputatı A.Kelimbetova hám birge islesiwshi mákeme, shólkem wákilleri menen birgelikte jaslar menen ushırastı.
янв.21
Ózbekstan Respublikası Ministirler Kabinetiniń 2025-jıl 16-sentyabr kúngi 589-sanlı qararında belgilengen wazıypalardıń orınlanıwı maqsetinde Qaraózek rayonı Madeniyat awıl puqaralar jıyınında úgit násiyat ilájı ótkerildi.
янв.21
Qaraózek rayonı Akademik Sabır Kamalov awıl puqaralar jıyını aymaǵındaǵı 23-sanlı mektepte Xalıq deputatları Qaraózek rayonlıq Keńesine 12-Qarakól okruginen deputat A.Kelimbetova hám 13-Qara aǵash okruginen deputat M.Gulimbetovlardıń saylawshılar menen ushırasıwı ótkerildi.
янв.21
Saylaw okrugi aymaqlarında deputatlardıń ushırasıwları dawam etpekte.
янв.21
Xalıq deputatları Qaraózek rayonlıq Keńesi 7-Shayxan kópir saylaw okrugi deputatı R.karmisovanıń Berdaq awıl puqaralar jıyını puqaraları menen ushırasıw ótkerildi.
янв.21
Ózbekstan Respublikası Prezidenti Shavkat Mirziyoyevtiń Oliy Majlis hám Ózbekstan xalqına jollaǵan Múrájatı hámde «Ózbekstan-2030» strategiyasında belgilep berilgen tiykarǵı wazıypalardıń mazmun-mánisin keńnen úgit-násiyatlaw maqsetinde 10-sanlı mektepte úgit-násiyatlaw ilajı ótkerildi.
янв.21
Xalıq deputatları Qaraózek rayonlıq Keńesi 11-Aqbetkey saylaw okruginen deputat S.Joldıbaev tárepinen 11-sanlı mektepte ushırasıw ótkerildi.
янв.21
Qaraózek rayonı hákimligi májilisler zalında Xalıq deputatları rayonlıq Keńesi hám rayonlıq Máhálleler awqamı, Respublika ruwxıy hám aǵartıwshılıq orayı rayonlıq bólimi, awıl hám mákan puqaralar jıyınları baslıqları, «máhálle jetiligi» wákilleri birgelikte kóshe biyleri hám belsendi hayal-qızlar menen ushırasıw ótkerdi.
янв.21
Xalıq deputatları Qaraózek rayonlıq Keńesiniń gezektegi on altınshı sessiyası bolıp ótti.
янв.21
«Eń úlgili kóshe biyi» tańlawınıń jeńimpazları sıylıqlandı
Korrupsiya islohotlar yoʻlidagi eng katta toʻsiq va gʻovdir

 Kecha, hurmatli Prezidentimiz raisliklarida Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining kengaytirilgan yigʻilishida yurtimizda korrupsiyadan xoli muhit yaratish boʻyicha qilingan ishlar va endilikdagi vazifalar boʻyicha qilgan nutqlarini diqqat bilan eshitdim. 

Darhaqiqat, korrupsiya islohotlar yoʻlidagi eng katta toʻsiq va gʻovdir. Korrupsiya balosidan qutilmay turib, islohotlarimiz natijasi yuqori boʻlishini taʼminlash juda qiyin boʻladi.  

Prezidentimiz, soʻnggi yillarda bu illatga qarshi kurashish boʻyicha qonunlar qabul qilinib, yangi tizim yaratilganligini, Parlament palatalarining masʼuliyati oshirilganligi, joylarda xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining ham bu jarayonlardagi ishtirokining kengaylagini, eng muhimi, jamiyatda korrupsiya muammosini jamoatchilik muhokamasiga olib chiqadigan ochiq tizim, ochiq muhit yaratilganligi, yaʼni ommaviy axborot vositalarining bu boradagi oʻrni va taʼsiri ortib borayotganligini
alohida taʼkidladilar.
 

Haqiqatdan ham, oxirgi 7 yilda bu illatga qarshi kurashish boʻyicha bir qator ishlar amalga oshirildi. Qonunchilikni takomillashtirish maqsadida "Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida"gi qonun qabul qilindi. Ushbu qonun korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslarini belgilab, davlat organlari va jamoat tashkilotlarining
vazifalarini aniqlab berdi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etildi. Bu agentlik korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda maxsus vakolatli organ sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

2021-2022-yillarga moʻljallangan Korrupsiyaga qarshi kurashish davlat dasturi doirasida 5 ta yoʻnalishda 44 ta banddan iborat vazifalar belgilandi va ijro etildi. Shuningdek, 2023-2024-yillarga moʻljallangan yangi davlat dasturi qabul qilindi, unda qonunchilikni yanada takomillashtirish, davlat boshqaruvida shaffoflikni oshirish va jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirildi. Xalqaro darajada BMTning Korrupsiyaga qarshi Konvensiyasi va Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotining Korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha Istanbul harakatlar rejasi doirasida bir qator ishlar amalga oshirildi. Bu xalqaro hamkorlik mamlakatda korrupsiyaga qarshi kurashishdagi saʼy-harakatlarni kuchaytirishga xizmat qilmoqda. Ushbu chora-tadbirlar natijasida Oʻzbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi sezilarli darajada takomillashtirildi va jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabat shakllantirilmoqda. 

Kechagi yigʻilishda Prezidentimiz korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha qilinishi kerak boʻlgan yangi vazifalarni ham belgilab berdilar.  

Jumladan, tumanlar darajasiga tushib, maishiy va tizimli korrupsiya omillarini chuqur oʻrganiladi. Chunki, korrupsiyaviy jinoyatlarning 75 foizi tuman va mahallada maishiy korrupsiya shaklida sodir etilayapti. Shu bois endi Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashlari tarkibi toʻliq yangilanadi. Ularga viloyat xalq deputatlari kengashi raislari bosh boʻladi. 

Hududiy kengashlar korrupsiyaviy omillarni aniqlab, ularga barham berish uchun qonunchilikni oʻzgartirish, jazo muqarrarligini taʼminlash boʻyicha Milliy kengashga taklif kiritadi. 

Bundan sakkiz yil avval hududlarni kompleks rivojlantirish boʻyicha sektorlar faoliyati yoʻlga qoʻyilgan edi. Bu tizim ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etishga koʻmaklashdi. Shu bilan birga, soʻnggi yillarda hududlar salohiyati oshdi. Shu bois endi prokuror, ichki ishlar va soliq rahbarlari sektorlar faoliyati bilan shugʻullanmasligi belgilandi. Jinoyatchilikning oldini olish, unga qarshi kurashish boʻyicha qoʻshimcha vazifalar qoʻyildi. 

Korrupsiyaning oldini olish – davlat xizmatiga professional va fidoyi kadrlarni tanlash hamda ularni “halollik vaksinasi” bilan emlashdan boshlanadi. Shu bois ishga olishdagi tartib va yondashuvlarni takomillashtirish boʻyicha topshiriqlar berildi. Umuman, ilk marotaba bunday tarzda yigʻilish oʻtkazilishi korrupsiyaga qarshi kuchli siyosiy irodani namoyon etadi albatta. Davlatimiz rahbari 55 ta aniq maqsadga yoʻnaltirilgan tashabbuslarni ilgari surdi. 

Korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslari kuchayadi. Deklaratsiyalash, noqonuniy boylik orttirishga oid yangi tartiblar kiritilishi natijasida korrupsiya omillari cheklanadi. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, tashkilotlardagi ichki nazorat tuzilmalari faoliyati kuchaytiriladi. 

Zero, asosiy maqsad jamiyatimizda aholi ongida korrupsiyaga nisbatan toqatsizlik tuygʻularini chuqur shakllantirish, pirovardida islohotlar aholining farovon hayot kechirishi uchun xizmat qilishiga erishishdir.  

  Jasurbek JONIBEKOV

Xalq deputatlari Buxoro viloyat Kengashi deputati

Slide 1 of 1