Hududlarda ijtimoiy soha obyektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralarni belgilash maqsadida o‘rganish ishlari olib borildi.
Xususan, Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashining 10-“Yangiqurilish” saylov okrugidan saylangan deputat Mustafaqulov Murodilla Bohodirovich tomonidan 47-sonli umumta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida ta’lim muassasasining isitish tizimi, ko‘mir va boshqa yoqilg‘i zaxiralari, binolarning issiqlikni saqlash holati, shuningdek, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarining mavsumga shayligi atroflicha ko‘zdan kechirildi.
Aniqlangan kamchilik va muammolarni qisqa muddatlarda bartaraf etish, ta’lim muassasasida kuz-qish mavsumini barqaror va betalafot o‘tkazish hamda o‘quvchilar uchun munosib shart-sharoitlarni ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Mazkur yo‘nalishdagi ishlar deputatlik nazorati doirasida davom ettiriladi.
✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati
📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz