Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat Dj.Shaxmayev Yangi Hayot mahallasida bo‘lib, soliq inspektoriga yuklatilgan vazifalarning bajarilish holati bilan yaqindan tanishdi.
🔎 O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustdagi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi 474-I-son Qonuni ijrosi ham ko‘rib chiqildi.
💬 Shuningdek, soliq to‘lovchilar bilan muloqot o‘tkazilib, ularning huquq va majburiyatlari, soliq to‘lovlarini amalga oshirish tartibi hamda amaldagi talablar yuzasidan zarur tushuntirish va tavsiyalar berildi.
🤝 Ochiq muloqot, qonuniylik va fuqarolar manfaatlari — deputatlik nazoratining muhim mezonlaridir.