#24-ta_vsiya
Xotin-qizlar faoliyati o‘rganildi.
Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 18-Yangi turmush saylov okrugi deputati Yuldosheva Sevara tomonidan deputatlik hududida xotin-qizlar bilan ishlash holati o‘rganildi.
Mazkur o'rganishda xalq deputatlari Angor tumani Kengashi bosh mutaxassisi M.Choriyeva ham qatnashdi.O‘rganish davomida xotin-qizlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, ularga ajratilayotgan imtiyozlar, ijtimoiy ko‘mak va ish bilan ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish hamda tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tahliliy ma’lumotlar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, mavjud muammolar va ehtiyojlar tahlil qilinib, xotin-qizlarning bandligini oshirish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda berilayotgan imtiyozlardan samarali foydalanishini ta’minlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
O‘rganish yakunida xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish va bandligini ta’minlash borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.