Tadbirda mamlakatimiz mustaqilligining 35 yillik shonli yo‘li, erishilgan yutuqlar, bugungi tinch va farovon hayotning qadr-qimmati hamda Yangi O‘zbekiston taraqqiyotida xalq birdamligining ahamiyati haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
Davra suhbatida mahalla aholisi bilan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, hududlarni obod qilish, aholi turmush farovonligini oshirish, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar yuzasidan ham fikr almashildi.
Tadbir ishtirokchilari Vatanimiz mustaqilligi, tinchlik va osoyishtalikni asrab-avaylash, yurt ravnaqi va xalq farovonligi yo‘lida hamjihatlik bilan mehnat qilish har bir fuqaroning muhim burchi ekanini ta’kidladilar.
Yagona Vatan — yagona xalq — yagona maqsad!