#deputat_faoliyati
#nazorat_tahlil
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashiga 20–Yangi hayot saylov okrugidan saylangan deputat Ch.Normo‘minov o‘zi saylangan saylov okrugi hududidagi "Yangi hayot" mahallasida bo‘lib, mahalla yettiligi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
O‘rganish davomida mahallada aholi murojaatlari bilan ishlash, ijtimoiy muammolarni hal etish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi. Shuningdek, mahalla ko‘chalarida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari, yo‘l va yo‘laklarni tartibga keltirish, hududning sanitariya holatini yaxshilash hamda aholi uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan bunyodkorlik ishlari joyida ko‘zdan kechirildi.
Tashrif davomida mavjud holat yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, belgilangan vazifalarning ijrosi deputatlik nazoratida olib borilishi ta'kidlandi.
Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram