#Kengash_raisi_faoliyati
#deputat_faoliyati
#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#nazorat_tahlil
Mahalla idorasi qurilishi holati o‘rganildi
Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi raisi J.Xudoyqulova, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Donayev, tuman Kengashi deputati Q.Igamberdiyeva tuman Kengashiga 8–Yangi yo‘l saylov okrugidan saylangan deputat A.Ergashev saylov okrugi hududidagi "Tinchlik" mahallasida bo‘lib, mahalla raisi bilan birgalikda mahalla fuqarolar yig‘ini idorasining yangidan qurilayotgan binosida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdilar.
O‘rganish davomida mahalla idorasi qurilish ishlari ma'lum sabablarga ko‘ra to‘xtab qolgani aniqlandi. Mazkur holat yuzasidan qurilish ishlarining to‘xtab qolish sabablari, moliyalashtirish hamda qurilishni qayta tiklash muddatlari bo‘yicha mas'ul tashkilotlardan asoslantirilgan ma'lumot olish maqsadida tegishli deputat so‘rovi yuborilishi hamda masalaning ijrosi deputatlik nazoratiga olinishi belgilandi.
Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram