#nazorat_tahlil
#deputat_faoliyati
#nazorat_tahlil
“Yangi hayot” mahallasida bunyodkorlik ishlari bilan tanishildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti topshiriqlari ijrosini ta’minlash, aholi turmush darajasini yuksaltirish, mahalla infratuzilmasini rivojlantirish hamda hududlarni obod va zamonaviy maskanga aylantirish maqsadida Qiziriq tumanida keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda.
Xususan, tumandagi “Yangi O‘zbekiston” qiyofasidagi namunaviy mahalla sifatida tanlab olingan “Yangi hayot” mahallasida keng ko‘lamli obodonlashtirish, qurilish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari izchil davom etmoqda. Mahallada aholi xonadonlari va ko‘chalar atrofi obodonlashtirilishi, infratuzilmani yaxshilash hamda fuqarolar uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan loyihalar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
Mazkur bunyodkorlik ishlari bilan Surxondaryo viloyati prokurori B.Bobojonov, xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi deputati – Qiziriq tumani hokimi Sh.Allamurotov, tuman prokurori hamda tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i joyiga chiqib tanishdilar. Tashrif davomida amalga oshirilayotgan ishlarning sifati, belgilangan muddatlarda bajarilishi hamda obodonlashtirish jarayonlarini yanada jadallashtirish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.
Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram