35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Xalıq penen birge" - insan mápleri jolında ámeliy qádem
янв.21
jaslar másláhát toparı aǵzaları úgit-násiyat jumısların alıp bardı.
янв.21
"Ata mákan" mákan puqaralar jıyını aymaǵındaǵı Aral kóshesinde jasawshı puqaralar menen ushırastı.
янв.21
Xalıq deputatları Qaraózek rayonlıq Keńesiniń gezektegi jigirma ekinshi sessiyası bolıp ótti.
янв.21
v
янв.21
Úyreniw
янв.21
"Ata mákan" mákan puqaralar jıyını Gúlbaǵ kóshesi turǵınları menen ushırasıw ótkerildi.
янв.21
Úyreniw
янв.21
Úyreniw
янв.21
Xalıq deputatları Qaraózek rayonı Keńesi Agrar, suw xojalıǵı hám ekologiya máseleleri boyınsha turaqlı komissiyasınıń gezektegi májilisi bolıp ótti
Jinoyatchilik va huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha o‘rganish o‘tkazildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati, 7-"Qipchoqariq" saylov okrugidan saylangan Sh.Nazarova tomonidan o‘zi saylangan hududdagi “Vaqf Chorsu” mahalla fuqarolar yig‘inida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish hamda O‘zbekiston Respublikasining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahalla hududida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash hamda profilaktika tizimini yanada takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Xususan, mahalla hududiga kirish va chiqish nuqtalarida o‘rnatilgan videokuzatuv kameralari, ularning uzluksiz ishlash holati, kuzatuv tizimlarining qamrov darajasi hamda jamoat xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiluvchi infratuzilma ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, profilaktika inspektori, mahalla faollari va boshqa mas’ul tuzilmalar o‘rtasidagi hamkorlik mexanizmlari ham muhokama qilindi.

O‘rganish jarayonida hududda huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlar samaradorligini yanada oshirish, videokuzatuv tizimlaridan samarali foydalanish hamda fuqarolarning xavfsiz yashash muhitini mustahkamlash yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Uchrashuv va o‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov hamda bosh mutaxassisi X.Abdullayevlar tomonidan amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2