35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Xalıq penen birge" - insan mápleri jolında ámeliy qádem
янв.21
jaslar másláhát toparı aǵzaları úgit-násiyat jumısların alıp bardı.
янв.21
"Ata mákan" mákan puqaralar jıyını aymaǵındaǵı Aral kóshesinde jasawshı puqaralar menen ushırastı.
янв.21
Xalıq deputatları Qaraózek rayonlıq Keńesiniń gezektegi jigirma ekinshi sessiyası bolıp ótti.
янв.21
v
янв.21
Úyreniw
янв.21
"Ata mákan" mákan puqaralar jıyını Gúlbaǵ kóshesi turǵınları menen ushırasıw ótkerildi.
янв.21
Úyreniw
янв.21
Úyreniw
янв.21
Xalıq deputatları Qaraózek rayonı Keńesi Agrar, suw xojalıǵı hám ekologiya máseleleri boyınsha turaqlı komissiyasınıń gezektegi májilisi bolıp ótti
Navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan mahallalar kesimida nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiya raisi o‘rinbosari A.Kulbayev tumanning “Qoramozor”, “Sari-Qangli”, “Dumaloq” mahallalariga biriktirilgan profilaktika inspektorlari A.Turaboyev, D.Jo‘rayev, Sh.G‘ofurjonov bilan uchrashib, hududda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, kriminogen vaziyatni barqaror saqlash hamda aholi xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida suhbatlashdi.

O‘rganish davomida joriy yilning o‘tgan davri davomida “Qoramozor” mahallasida sodir etilgan o‘g‘rilik jinoyati, “Sari-Qangli” mahallasida sodir etilgan jinsiy zo‘ravonlik jinoyati, “Dumaloq” mahallasida sodir etilgan qasddan badanga o‘rta og‘ir jarohat yetkazish jinoyati tahlil qilindi. Har bir holatning kelib chiqish sabablari, unga sharoit yaratgan omillar hamda kelgusida bunday holatlarning takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha amalga oshirilayotgan profilaktik choralar yuzasidan axborotlar tinglandi.

Profilaktika inspektorlari tomonidan xavf guruhiga kiruvchi shaxslar, muqaddam sudlanganlar, ma’muriy nazoratda turgan fuqarolar, notinch oilalar va ijtimoiy jihatdan og‘ir ahvoldagi xonadonlar bilan manzilli ishlar muntazam olib borilayotgani ta’kidlandi. Shuningdek, mahalla fuqarolar yig‘ini, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, ijtimoiy xodim hamda boshqa mas’ullar bilan hamkorlikda profilaktik suhbatlar va tushuntirish ishlari tashkil etilayotgani ma’lum qilindi.

O‘rganish yakunida Bo‘stonliq tumanida jinoyatchilikni oldini olish va mahallalarda kriminogen vaziyatni yaxshilash borasida 2026-yilning ikkinchi choragi yakuni bilan amalga oshirilgan navbatdagi sessiyada batafsil muhokama qilinishi ma’lum qilindi.

Slide 1 of 2