35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Xalıq penen birge" - insan mápleri jolında ámeliy qádem
янв.21
jaslar másláhát toparı aǵzaları úgit-násiyat jumısların alıp bardı.
янв.21
"Ata mákan" mákan puqaralar jıyını aymaǵındaǵı Aral kóshesinde jasawshı puqaralar menen ushırastı.
янв.21
Xalıq deputatları Qaraózek rayonlıq Keńesiniń gezektegi jigirma ekinshi sessiyası bolıp ótti.
янв.21
v
янв.21
Úyreniw
янв.21
"Ata mákan" mákan puqaralar jıyını Gúlbaǵ kóshesi turǵınları menen ushırasıw ótkerildi.
янв.21
Úyreniw
янв.21
Úyreniw
янв.21
Xalıq deputatları Qaraózek rayonı Keńesi Agrar, suw xojalıǵı hám ekologiya máseleleri boyınsha turaqlı komissiyasınıń gezektegi májilisi bolıp ótti
Kotib

Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati Ravshan Umarov “Xamid Olimjon” mahallasida “mahalla yettiligi” bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv jarayonida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilinib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyundagi “Mahalla boshqaruvini samarali tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-116-sonli Farmonida belgilangan vazifalar yuzasidan suhbat o‘tkazildi.

Deputat mahallada infratuzilma, tadbirkorlik, kambag‘allik, ishsizlik, jinoyatchilik, nizoli oilalar, aholi murojaatlari yuzasidan olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishib, yuzaga kelgan muammolarni o‘z vaqtida hal etish choralarini ko‘rish yuzasidan o‘z tavsiyalarini berdi.

Shuningdek, okrug deputati “Mirzakalon Ismoiliy” mahallasida bo‘lib, aholini ommaviy sportga jalb qilish, har oyda ommaviy hasharlar uyushtirish, ko‘chalar, xonadonlar, ko‘p qavatli uylar, yo‘lakchalar, ariq (zovur)lar va ijtimoiy obyektlarning tozaligi va obodligini doimiy ta’minlash bo‘yicha targ‘ibot tadbirlariga e’tiborni yanada kuchaytirish lozimligini aytib o‘tdi.

Slide 1 of 3