Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalıq deputatları Qaraózek rayonlıq Keńesi sekretariatında baslanıp atırǵan jumıs háptesinde is-rejege tiykar áhmiyetli wazıypalar belgilenip alındı.
янв.21
Xalıq deputatları Qaraózek rayonlıq Keńesi Reglament hám deputatlıq ádep-ikramlılıq máseleleri boyınsha turaqlı komissiyası májilisi ótkerildi.
янв.21
Xalıq deputatları Qaraózek rayonlıq Keńesi 13-Qara aǵash saylaw okruginen deputat M.Gulimbetov (Adolat SDP) nuranıylar menen ushırasıw ótkerdi.
янв.21
JASLAR-TAYANÍSHÍMÍZ
янв.21
KÚTKЕN NÍZAM QABÍLLANDÍ
янв.21
BASLAMALÍ BYUDJET-XALÍQ MÁPI USHÍN XÍZMET ETIWSHI BIRDEN-BIR REFORMA
янв.21
XALIQ MÁPI JOLÍNDA ÁMELIY ISLER
янв.21
SAYLAW OKRUGINDE ÁHMIYETLI MASHQALALAR BASQÍSHPA-BASQÍSH SHESHIM TAPPAQTA
янв.21
DEPUTATLÍQ ISKERLIK: XALÍQ MÁPI HÁM ÁMELIY NÁTIYJELER
янв.21
Xalıq deputatları Qaraózek rayonı Keńesi jergilikli byudjet, isbilermenlikti rawajlandırıw hám ekonomikalıq reformalar máseleleri boyınsha turaqlı komissiyası májilisi ótkerildi.
"Mehrobod" mahallasida “24 ta eng muhim yo‘nalish” doirasida deputatlik nazorati o‘tkazildi

Mazkur nazorat-tahlil tadbirlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyundagi PF–116-sonli “Mahalla boshqaruvini samarali tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni hamda Oliy Majlis Senati Kengashining 2026-yil 22-iyundagi KQ–360-V-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilmoqda.

⏺Shu munosabat bilan, Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi D.Normuradova, Kotibiyat mudiri A.Ashurov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi R.Mamashukurovlar 18-“Mehrobod” saylov okrugi deputati B.Xollozovning okrugiga qarashli “Mehrobod” mahallasida bo‘ldilar.

💬Yig‘ilishda “Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi” mezonlari doirasida quyidagi hayotiy masalalar tahlil qilindi:

🟢Mahalla boshqaruvining samaradorligi: PF-116-sonli Farmon doirasida "Mehrobod" mahallasida boshqaruv tizimini to‘g‘ri tashkil etish, "mahalla yettiligi"ning o‘zaro hamkorlik mexanizmlari holati;

🟢Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik: Mahallabay ishlash tizimi orqali ishsiz aholi, yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlash borasida hokim yordamchisi va faollar tomonidan ko‘rilayotgan choralar;

🟢Murojaatlar bilan ishlash: Fuqarolardan kelib tushayotgan har bir taklif va muammoning o‘z vaqtida, qonuniy ko‘rib chiqilishi hamda deputatlik nazoratiga olinishi samaradorligi.

💬"Prezidentimizning yangi Farmonida mahalla boshqaruvini yangi bosqichga ko‘tarish bo‘yicha qat'iy vazifalar belgilandi. Biz deputat sifatida har bir mahallada ushbu islohotlarning real natijasini ta'minlashimiz, aholining yashash sharoitini yaxshilashda 'mahalla yettiligi'ga eng yaqin ko‘makchi bo‘lishimiz shart," — dedi Kengash raisi.

🫥O‘rganish davomida aniqlangan tizimli masalalar va takliflar umumlashtirilib, shahar Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig‘ilishlari hamda sessiya muhokamalariga kiritilishi belgilab olindi.