Oʻrganish davomida hududdagi ichki yoʻllarning amaldagi holati, tungi yoritish chiroqlarining mavjudligi hamda aholi uchun yaratilgan infratuzilma imkoniyatlari atroflicha koʻrib chiqildi.
Shuningdek, aholi bilan muloqot jarayonida “Yagona oila” koʻchasida yoʻl qoplamasini yaxshilash, xususan, ko‘chaga tosh yotqizish zarurati mavjudligi aniqlandi.
Mazkur muammoni bartaraf etish yuzasidan tegishli takliflarni shakllantirish va masalani bosqichma-bosqich hal etish boʻyicha tavsiyalar bildirildi.
Mahallalarda infratuzilmani yaxshilash va aholi uchun qulay sharoit yaratish doimiy eʼtibordagi masalalardan biridir.