🏛 #_DEPUTAT_NAZORATI
#24_ta_masala
Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat holati atroflicha o‘rganildi
🚨Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashi kotibiyati mudiri A.Pardayev hamda kotibiyat xodimi B.Qurbonov tomonidan Bandixon tuman tez-tibbiy yordam bo‘limi faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi.
🚨Tashrif davomida bo‘limda aholiga ko‘rsatilayotgan tez tibbiy yordam xizmatining holati, tizimdagi mavjud sharoitlar hamda tibbiy xizmat sifatini yanada oshirishga qaratilgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.
🚨Jumladan, quyidagi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi:
✅dori-darmon vositalari, jumladan imtiyozli dori ta’minotining mavjudligi va ularning zaxira holati;
✅birlamchi tez tibbiy yordam ko‘rsatishda zarur bo‘lgan tibbiy buyumlar va jihozlar bilan ta’minlanganlik darajasi;
✅bemorlar va murojaat etuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, xizmat ko‘rsatish madaniyati;
✅bo‘limning moddiy-texnik bazasi hamda zamonaviy tibbiy asbob-uskunalarning holati;
✅tez tibbiy yordam brigadalarining chaqiruvlarga tezkorlik bilan yetib borish samaradorligi;
✅aholining murojaatlari bilan ishlash, ularni qabul qilish va hal etish tizimi;
✅profilaktik tadbirlar, kasalliklarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar.
🚨O‘rganish jarayonida mas’ullar tomonidan xizmat ko‘rsatish sifati, tezkorlik va samaradorlikni oshirish, aholi uchun yanada qulay sharoitlar yaratish, shuningdek, mavjud resurslardan unumli foydalanish masalalari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
🚨Yakunda tez tibbiy yordam bo‘limi faoliyatini yanada takomillashtirish, aholiga sifatli va tezkor tibbiy xizmat ko‘rsatishni kuchaytirish hamda profilaktik ishlarni tizimli yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.