Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalıq deputatları Qaraózek rayonlıq Keńesi sekretariatında baslanıp atırǵan jumıs háptesinde is-rejege tiykar áhmiyetli wazıypalar belgilenip alındı.
янв.21
Xalıq deputatları Qaraózek rayonlıq Keńesi Reglament hám deputatlıq ádep-ikramlılıq máseleleri boyınsha turaqlı komissiyası májilisi ótkerildi.
янв.21
Xalıq deputatları Qaraózek rayonlıq Keńesi 13-Qara aǵash saylaw okruginen deputat M.Gulimbetov (Adolat SDP) nuranıylar menen ushırasıw ótkerdi.
янв.21
JASLAR-TAYANÍSHÍMÍZ
янв.21
KÚTKЕN NÍZAM QABÍLLANDÍ
янв.21
BASLAMALÍ BYUDJET-XALÍQ MÁPI USHÍN XÍZMET ETIWSHI BIRDEN-BIR REFORMA
янв.21
XALIQ MÁPI JOLÍNDA ÁMELIY ISLER
янв.21
SAYLAW OKRUGINDE ÁHMIYETLI MASHQALALAR BASQÍSHPA-BASQÍSH SHESHIM TAPPAQTA
янв.21
DEPUTATLÍQ ISKERLIK: XALÍQ MÁPI HÁM ÁMELIY NÁTIYJELER
янв.21
Xalıq deputatları Qaraózek rayonı Keńesi jergilikli byudjet, isbilermenlikti rawajlandırıw hám ekonomikalıq reformalar máseleleri boyınsha turaqlı komissiyası májilisi ótkerildi.
Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati “Ishonch” mahallasida o‘rganish va muloqot o‘tkazdi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati “Ishonch” mahallasida o‘rganish va muloqot o‘tkazdi

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputati maqomi to‘g‘risida”gi Qonuni, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuni, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentabrdagi PF–143-son “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risidagi

Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda tizimli o‘rganish va ochiq muloqotlar tashkil etilmoqda.

Shu munosabat bilan Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Raxmatova Muqadas Bekpulatovna hamda Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi M. Astanov Navoiy shahridagi “Ishonch” mahallasida mahalla hokim yordamchisi ishtirokida uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida mahallada aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, oilalar daromadini oshirish, ehtiyojmand fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda kambag‘allikni qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Xususan, “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida mahalladagi kambag‘al oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularni kasb-hunarga o‘qitish, bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish va daromad manbalarini ko‘paytirishga qaratilgan chora-tadbirlarning ijrosi yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlarni o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqish, ularni qonunchilik talablariga muvofiq hal etish, mahalla hokim yordamchisi, deputat hamda mutasaddi tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

Ta’kidlanganidek, O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga muvofiq fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash, ularning qonuniy manfaatlarini ta’minlash, hududlarni kompleks rivojlantirish hamda davlat organlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari o‘rtasidagi samarali hamkorlikni mustahkamlash ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.

Uchrashuv yakunida mahallada mavjud muammolarni bartaraf etish, aholi turmush darajasini yuksaltirish, bandlikni ta’minlash hamda kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan chora-tadbirlar ijrosini yanada samarali tashkil etish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 3