Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
JASLAR-TAYANÍSHÍMÍZ
янв.21
KÚTKЕN NÍZAM QABÍLLANDÍ
янв.21
BASLAMALÍ BYUDJET-XALÍQ MÁPI USHÍN XÍZMET ETIWSHI BIRDEN-BIR REFORMA
янв.21
XALIQ MÁPI JOLÍNDA ÁMELIY ISLER
янв.21
SAYLAW OKRUGINDE ÁHMIYETLI MASHQALALAR BASQÍSHPA-BASQÍSH SHESHIM TAPPAQTA
янв.21
DEPUTATLÍQ ISKERLIK: XALÍQ MÁPI HÁM ÁMELIY NÁTIYJELER
янв.21
Xalıq deputatları Qaraózek rayonı Keńesi jergilikli byudjet, isbilermenlikti rawajlandırıw hám ekonomikalıq reformalar máseleleri boyınsha turaqlı komissiyası májilisi ótkerildi.
янв.21
Qaraózek rayonında úy aldı qıytaq jerinen utımlı paydalanıp shańaraǵına qosımsha dáramat kiritip kiyatırǵan, sonday-aq, kóp tarmaqlı diyxan xojalıqlarındaǵı jumıslardıń barısı boyınsha Xalıq deputatları Qaraózek rayonlıq Keńesi deputatları hám ǵalaba xabar quralları wákilleriniń qatnasıwında media rejege tiykar ilaj ótkerildi.
янв.21
ASHÍQ BYUDJET PUQARALAR USHÍN IMKANIYAT
янв.21
Úyreniw jumısları alıp barıldı
Ko‘hna Cho‘ponota mahallasida fuqarolar murojaati asosida markazlashgan issiqlik tizimi quvurlariga oid masala joyiga chiqib o‘rganildi.

Ko‘hna Cho‘ponota mahallasida fuqarolar murojaati asosida markazlashgan issiqlik tizimi quvurlariga oid masala joyiga chiqib o‘rganildi.

📝 O‘rganish jarayonida mahallaning 24- va 25-sonli ko‘p qavatli uylari atrofidan o‘tgan 100 mm diametrli issiqlik quvurlarining joylashuvini o‘zgartirish zarurligi yuzasidan fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar ko‘rib chiqildi.

⚡️ Ma’lum qilinishicha, “Obod mahalla” dasturi doirasida mazkur ko‘p qavatli uylar atrofidagi hududlarni obodonlashtirish, jumladan, piyodalar yo‘laklari va uy atrofi maydonlarini beton qoplama bilan qoplash ishlari rejalashtirilgan. Mavjud issiqlik quvurlarining joylashuvi ushbu ishlarni amalga oshirishda ayrim noqulayliklarni keltirib chiqarayotganligi sababli, quvurlarni boshqa joyga ko‘chirish bo‘yicha amaliy yordam so‘ralgan.

🇺🇿 Mazkur masalani o‘rganish davomida Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati mudiri Anvar Usmanov hamda Ko‘hna Cho‘ponota mahallasi fuqarolar yig‘ini raisi Saodat To‘xtayeva ishtirok etdilar.

💼 O‘rganish yakunlari bo‘yicha masalani amaldagi qonunchilik talablari asosida hal etish maqsadida “Veolia Energy Tashkent” tashkilotiga deputatlik so‘rovi yuborilishi belgilandi.

📁 Ta’kidlash joizki, ko‘p qavatli uylarni markazlashgan issiqlik ta’minoti tarmoqlariga ulash va ularga xizmat ko‘rsatish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 194-son qarori bilan tasdiqlangan “Issiqlik ta’minoti xizmatlari ko‘rsatish qoidalari” asosida tartibga solinadi. Shuningdek, sohaga oid Prezident qarorlari, jumladan PQ–100-son hamda 2026-yildagi PQ–48-son qarorlarda energiya samaradorligini oshirish va zamonaviy infratuzilmani rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.

🔼 Mazkur murojaat yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur chora-tadbirlar ko‘rilishi hamda fuqarolar manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha ishlar davom ettiriladi.

Slide 1 of 6