📢 DOIMIY KOMISSIYA MAJLISI O‘TKAZILDI
🏛 xalq deputatlari tuman Kengashining Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.
⭐️ Doimiy komissiya majlisida quyidagi muhim masalalar ko‘rib chiqildi:
✍️ Bulung‘ur tumanidagi Obodonlashtirish boshqarmasi tasarrufidagi ichki yo‘llarni saqlash, joriy ta’mirlash va qurish ishlari bo‘yicha 2026-yil uchun dastlabki manzilli dasturning muhokamasi to‘g‘risida.
✍️ Tumanda “Mening bog‘im” loyihalarini shakllantirish va moliyalashtirish tartibi to‘g‘risida.
👥 Majlis davomida mutasaddilar tomonidan batafsil hisobotlar taqdim etildi, deputatlar tomonidan esa dolzarb savollar berilib, aniq taklif va tavsiyalar bildirildi.
📌 Yakunda kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib amaliy ijrosini ta’minlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.
Xalq deputatlari Bulung'ur tuman Kengashi