Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi kotibiyati mudiri, deputat K.Mamanova hamda kotibiyat bosh mutaxassislari tomonidan Dilorom mahallasida joylashgan "Vatanparvar" tashkiloti Paxtakor o‘quv sport texnika klub markazi faoliyatini o‘rgandi.
Shuningdek, o‘rganish jarayonida ta'lim muassasasida yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirilib, qonun ijrosini samarali ta'minlash, haydovchilik guvohnomasini olish uchun nomzodlarni tayyorlash jarayonining sifati, ta'lim muassasasining moddiy-texnika bazasi, o‘quv dasturlariga rioya etilishi, nazariy va amaliy mashg‘ulotlarning tashkil etilishi hamda yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlashga qo‘shayotgan hissasi atroflicha tahlil qilindi.