Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalıq deputatları Qaraózek rayonlıq Keńesi sekretariatında baslanıp atırǵan jumıs háptesinde is-rejege tiykar áhmiyetli wazıypalar belgilenip alındı.
янв.21
Xalıq deputatları Qaraózek rayonlıq Keńesi Reglament hám deputatlıq ádep-ikramlılıq máseleleri boyınsha turaqlı komissiyası májilisi ótkerildi.
янв.21
Xalıq deputatları Qaraózek rayonlıq Keńesi 13-Qara aǵash saylaw okruginen deputat M.Gulimbetov (Adolat SDP) nuranıylar menen ushırasıw ótkerdi.
янв.21
JASLAR-TAYANÍSHÍMÍZ
янв.21
KÚTKЕN NÍZAM QABÍLLANDÍ
янв.21
BASLAMALÍ BYUDJET-XALÍQ MÁPI USHÍN XÍZMET ETIWSHI BIRDEN-BIR REFORMA
янв.21
XALIQ MÁPI JOLÍNDA ÁMELIY ISLER
янв.21
SAYLAW OKRUGINDE ÁHMIYETLI MASHQALALAR BASQÍSHPA-BASQÍSH SHESHIM TAPPAQTA
янв.21
DEPUTATLÍQ ISKERLIK: XALÍQ MÁPI HÁM ÁMELIY NÁTIYJELER
янв.21
Xalıq deputatları Qaraózek rayonı Keńesi jergilikli byudjet, isbilermenlikti rawajlandırıw hám ekonomikalıq reformalar máseleleri boyınsha turaqlı komissiyası májilisi ótkerildi.
Deputat hisoboti va fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Deputat hisoboti va fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

🇺🇿 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 19-Shirin saylov okrugidan saylangan deputati Sobirxonov Akbarxon Aziz o‘g‘li tomonidan tumandagi "Tepaqo‘rg‘on" mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar hamda fuqarolar uchun navbatdagi ochiq muloqot va hisobot uchrashuvi o‘tkazildi.

📝 Tadbirda mahalla faollari, fuqarolar, "mahalla yettiligi" a'zolari, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining Toshkent shahar va Uchtepa tumani Kengashlari vakillari, xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati mudiri Anvar Usmanov hamda Toshkent shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sarvar Ergashev ishtirok etdi.

🗣 Uchrashuv avvalida deputat Akbarxon Sobirxonov 19-Shirin saylov okrugiga kiruvchi Hamdo‘st, Nurobod, Qo‘rg‘ontepa, Shirin, Tepaqo‘rg‘on, Vatan, Vatanparvar, Xuroson va Zargarlik mahallalarida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan saylovchilarga batafsil axborot berdi.

📇 Xususan, kambag‘allikni qisqartirish va aholi farovonligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi. Ta’kidlanishicha, mazkur 9 ta mahalladagi 385 ta kambag‘al oila reyestrga kiritilib, 48 nafar rahbar xodimga 5 tadan oila biriktirilgan. Natijada bugungi kunga qadar 204 ta oila kambag‘allikdan chiqarilgan bo‘lib, qolgan 181 ta oilani kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha tizimli ishlar davom ettirilmoqda.

📊 Bunda mas’ullar tomonidan oilalarning ijtimoiy holati chuqur o‘rganilib, ularning kambag‘allikka tushib qolish sabablari tahlil qilinmoqda, ijtimoiy portretlari shakllantirilib, mavjud davlat dasturlari va mexanizmlari orqali zarur yordam va xizmatlar ko‘rsatilib kelinmoqda.

💼 Shuningdek, mahallalarda ishsizlik darajasini kamaytirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ham axborot berildi. Yil boshida aniqlangan 398 nafar band bo‘lmagan fuqarolarni ish bilan ta’minlash maqsadida qator choralar ko‘rilgan. Natijada 183 nafar fuqaro doimiy ishga joylashtirilgan, 119 nafari kasb-hunarga o‘qitilgan hamda 84 nafar fuqaro tijorat banklari tomonidan ajratilgan imtiyozli kreditlar asosida o‘z tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ygan.

🏥🏫 Deputat o‘z axborotida hududlarda ta’lim, sog‘liqni saqlash, ekologiya, kommunal xizmatlar, obodonlashtirish va infratuzilmani rivojlantirish yo‘nalishlarida amalga oshirilgan ishlar hamda istiqboldagi rejalar haqida ham atroflicha ma’lumot berdi.

💬 Muloqot davomida fuqarolar tomonidan qator taklif va murojaatlar bildirildi. Xususan, fuqaro Gulmira Arazova mahalladagi ayrim dolzarb masalalar yuzasidan o‘z takliflarini ilgari surdi. Mazkur masalalar yuzasidan mutasaddilar bilan birgalikda tegishli choralar ko‘rish belgilab olindi.

↗️ Tadbirda so‘z olgan “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Uchtepa tumani deputatlik guruhi rahbari, tuman deputati Jamshid Karimov ham tumanda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va ijtimoiy loyihalar yuzasidan batafsil ma’lumot berdi.

✍️ O‘z navbatida deputat Akbarxon Sobirxonov fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan barcha masalalarni shaxsiy nazoratiga olishini, har bir murojaat yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy yechimlar ishlab chiqilishini ta’kidladi. Xususan, ekologiya yo‘nalishidagi murojaatni deputatlik so‘rovi orqali o‘rganish va nazoratga olish tashabbusi ilgari surildi.

🎓 Shundan so‘ng fuqaro Mirjalol Toshpo‘latovning murojaati ko‘rib chiqildi. Unga oliy ta’lim tizimiga kirish tartibi hamda yoshlar uchun davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar, imtiyoz va qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

📈 Ochiq muloqot va sayyor qabul davomida bildirilgan murojaatlar tegishli tartibda ro‘yxatga olinib, ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga vazifalar belgilandi.

🔼 Bunday uchrashuvlar fuqarolar bilan ochiq muloqotni kuchaytirish, hududlardagi mavjud muammolarni joyida o‘rganish va ularni tizimli hal etish, shuningdek, deputatlik faoliyatining ochiqligi va samaradorligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 9