Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
JASLAR-TAYANÍSHÍMÍZ
янв.21
KÚTKЕN NÍZAM QABÍLLANDÍ
янв.21
BASLAMALÍ BYUDJET-XALÍQ MÁPI USHÍN XÍZMET ETIWSHI BIRDEN-BIR REFORMA
янв.21
XALIQ MÁPI JOLÍNDA ÁMELIY ISLER
янв.21
SAYLAW OKRUGINDE ÁHMIYETLI MASHQALALAR BASQÍSHPA-BASQÍSH SHESHIM TAPPAQTA
янв.21
DEPUTATLÍQ ISKERLIK: XALÍQ MÁPI HÁM ÁMELIY NÁTIYJELER
янв.21
Xalıq deputatları Qaraózek rayonı Keńesi jergilikli byudjet, isbilermenlikti rawajlandırıw hám ekonomikalıq reformalar máseleleri boyınsha turaqlı komissiyası májilisi ótkerildi.
янв.21
Qaraózek rayonında úy aldı qıytaq jerinen utımlı paydalanıp shańaraǵına qosımsha dáramat kiritip kiyatırǵan, sonday-aq, kóp tarmaqlı diyxan xojalıqlarındaǵı jumıslardıń barısı boyınsha Xalıq deputatları Qaraózek rayonlıq Keńesi deputatları hám ǵalaba xabar quralları wákilleriniń qatnasıwında media rejege tiykar ilaj ótkerildi.
янв.21
ASHÍQ BYUDJET PUQARALAR USHÍN IMKANIYAT
янв.21
Úyreniw jumısları alıp barıldı
Mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalari kesimidagi eng muhim qonunlar

Mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalari kesimidagi eng muhim qonunlar


Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya faoliyatida investitsiyalarni jalb etish, turizm salohiyatini oshirish, innovatsion rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash hamda hududlarning iqtisodiy jozibadorligini kuchaytirishga oid qonun hujjatlarini chuqur o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi.

Mazkur qonunlar mamlakatimizda qulay investitsion muhit yaratish, tadbirkorlik tashabbuslarini rag‘batlantirish, eksport salohiyatini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va hududlarning barqaror rivojlanishini ta’minlashga xizmat qiladi.

Investitsiyalar, valyuta va turizm sohasi bo‘yicha o‘rganilishi lozim bo‘lgan muhim qonunlar:

“Turizm to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni

📆 №O‘RQ-549 | Qabul qilingan sana: 18.07.2019

Mazkur qonun turizm sohasini rivojlantirish, turistlar huquqlarini himoya qilish hamda mamlakatning turistik salohiyatidan samarali foydalanishning huquqiy asoslarini belgilaydi.

“Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida O‘zbekiston Respublikasining Qonuni

📆 №O‘RQ-573 | Qabul qilingan sana: 22.10.2019

Qonun valyuta munosabatlarini tartibga solish, valyuta operatsiyalarini amalga oshirish va iqtisodiyotda bozor mexanizmlarini keng joriy etishga xizmat qiladi.

“Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni

📆 №O‘RQ-598 | Qabul qilingan sana: 25.12.2019

Mazkur hujjat mahalliy va xorijiy investorlar uchun kafolatlar yaratish, investitsiyalarni himoya qilish hamda investitsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlashning huquqiy mexanizmlarini belgilaydi.

“Maxsus iqtisodiy zonalar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni

📆 №O‘RQ-604 | Qabul qilingan sana: 17.02.2020

Ushbu qonun sanoat, logistika va xizmatlar sohasini rivojlantirish, investitsiyalarni jalb qilish hamda zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etishga qaratilgan maxsus iqtisodiy zonalar faoliyatini tartibga soladi.

“Innovatsion faoliyat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni

📆 №O‘RQ-630 | Qabul qilingan sana: 24.07.2020

Qonun ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy etish, yangi texnologiyalarni rivojlantirish va innovatsion ekotizimni qo‘llab-quvvatlashning huquqiy asoslarini mustahkamlaydi.

“Kreativ iqtisodiyot to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni

📆 №O‘RQ-970 | Qabul qilingan sana: 03.10.2024

Mazkur qonun madaniyat, san’at, dizayn, media, axborot texnologiyalari va boshqa ijodiy yo‘nalishlarni iqtisodiyotning muhim tarmog‘i sifatida rivojlantirish hamda kreativ industriyalarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

📁 Ushbu qonun hujjatlarini puxta o‘rganish mahalliy Kengash deputatlariga investitsion muhitni yaxshilash, turizm infratuzilmasini rivojlantirish, innovatsion va kreativ iqtisodiyot loyihalarini qo‘llab-quvvatlash hamda hududlarning iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish borasidagi faoliyatida muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.