Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi raisi Umidjon Haydarov hamda kotibiyati mudiri Mastura Salimovalar tomonidan shahardagi investitsiya loyihalarining amalga oshirilish holati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida hududda olib borilayotgan investitsiya loyihalari, ularning bugungi kundagi ijrosi, yaratilayotgan yangi ish o‘rinlari hamda istiqboldagi rejalar atroflicha tahlil qilindi.
Shuningdek, mas’ullar bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar muhokama qilindi. Investitsiya muhitini yanada yaxshilash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va yangi loyihalarni jalb etish borasida zarur topshiriqlar berildi.
Bu kabi o‘rganishlar hudud iqtisodiyotini rivojlantirish va aholi farovonligini oshirishga xizmat qiladi.