35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Xalıq penen birge" - insan mápleri jolında ámeliy qádem
янв.21
jaslar másláhát toparı aǵzaları úgit-násiyat jumısların alıp bardı.
янв.21
"Ata mákan" mákan puqaralar jıyını aymaǵındaǵı Aral kóshesinde jasawshı puqaralar menen ushırastı.
янв.21
Xalıq deputatları Qaraózek rayonlıq Keńesiniń gezektegi jigirma ekinshi sessiyası bolıp ótti.
янв.21
v
янв.21
Úyreniw
янв.21
"Ata mákan" mákan puqaralar jıyını Gúlbaǵ kóshesi turǵınları menen ushırasıw ótkerildi.
янв.21
Úyreniw
янв.21
Úyreniw
янв.21
Xalıq deputatları Qaraózek rayonı Keńesi Agrar, suw xojalıǵı hám ekologiya máseleleri boyınsha turaqlı komissiyasınıń gezektegi májilisi bolıp ótti
Hududda amalga oshirilgan oʻrganish ishlari toʻgʻrisida

 Hududda amalga oshirilgan oʻrganish ishlari toʻgʻrisida 

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashining 23-Salim saylov okrugidan saylangan deputat
O.Oripova hamda tuman Kengashi bosh mutaxassisi M.Toʻxtasinov tomonidan Bahor
mahalla fuqarolar yigʻini hududida oʻrganish ishlari olib borildi. 

Oʻrganish jarayonida mahallada faoliyat yuritayotgan “mahalla yettiligi” aʼzolarining
2026-yilning birinchi choragi davomida amalga oshirgan ishlari atroflicha
tahlil qilindi. 

Jumladan, quyidagi yoʻnalishlar alohida koʻrib chiqildi: 

hokim yordamchisining aholi bandligini taʼminlash, tadbirkorlikni rivojlantirish va
daromad manbalarini koʻpaytirish boʻyicha amalga oshirgan ishlari; 

ijtimoiy xodim tomonidan ehtiyojmand va kam taʼminlangan oilalarni qoʻllab-quvvatlash
hamda ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish sohasidagi faoliyati; 

aholi murojaatlari bilan ishlash holati va ularning yechimini taʼminlash choralari; 

mahalladagi ijtimoiy-maʼnaviy muhit hamda profilaktika ishlarining holati. 

Oʻrganish davomida kam taʼminlangan oilalarni kambagʻallikdan chiqarish, ishsiz aholi
bandligini taʼminlash yoʻnalishida ayrim kamchiliklar mavjudligi aniqlandi. Shu
munosabat bilan ularni bartaraf etish, xizmatlar sifatini oshirish hamda aholi
bilan ishlash samaradorligini yanada kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar
berildi. 

Shuningdek, mahalladagi hokim yordamchisi hamda ijtimoiy xodimga aholi muammolariga tezkor
va samarali yechim topish, murojaatlar bilan ishlashni tizimli tashkil etish
boʻyicha aniq koʻrsatmalar berildi.  

Slide 1 of 2