35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalıq deputatları Qaraózek rayonlıq Keńesi sekretariatı baslıǵı Q.Jaqsımuratov, deputat A.Kelimbetova, Respublika ruwxıylıq hám aǵartıwshılıq orayı rayonlıq bólimi baslıǵı J.Nuratdinovalar Esim MPJ aymaǵındaǵı Jańa Ózbekstan massivinde jaylasqan 2-sanlı mektepte bolıp, jańa oqıw jılına tayarlıq jumısların arnawlı sorawnama tiykarında úyrendi. 2-sanlı mektep zamanagóy úlgide qurıp pitkerilip, búgingi kúnde 462 oqıwshı qamtılǵan. Jámi pedagoglar sanı 48, sonnan joqarı kategoriyalı 8, birinshi kategoriyalı 23, ekinshi kategoriyalı 22 hám 24 qánige muǵallimler jumıs alıp barmaqta.
янв.21
Xalıq deputatları Qaraózek rayonlıq Keńesi sekretariatı baslıǵı, deputat Q.Jaqsımuratov Respublika ruwxıylıq hám aǵartıwshılıq orayı rayonlıq bólimi jetekshi qánigesi M.Paluaniyazov penen birgelikte rayondaǵı ulıwma orta bilim beriw mekteplerinde jańa oqıw jılına tayarlıq jumısların arnawlı sorawnama tiykarında úyrenip shıqtı.
янв.21
Xalıq deputatları Qaraózek rayonlıq Keńesi 12-Qarakól saylaw okrugi deputatı A.Kelimbetova hám sekretariatı bas qánigesi M.Atajanov Ak.S.Kamalov máhállesi aymaǵındaǵı 17-sanlı mektepte ǵárezsizlik bayramın múnásip belgilew baǵdarında jumıslar barısı hám jańa oqıw jılına tayarlıǵı úyrenildi.Mektepte  búgingi kúnde 103 oqıwshı tálim almaqta. Jámi pedagoglar sanı 26, sonnan joqarı kategoriyalı 4, birinshi kategoriyalı 7, ekinshi kategoriyalı 4 hám 11 qánige muǵallimler jumıs alıp barmaqta.
янв.21
Xalıq deputatları Qaraózek rayonlıq Keńesi 1-N.Japaqov okruginen deputat Q.Jaqsımuratov ózi saylanǵan Qutlı mákan máhállesi aymaǵındaǵı 33-sanlı mektepte bolıp,
янв.21
XALÍQ BÁNTLIGIN TÁMIYINLEW JOLÍNDA
янв.21
AYDÍN JOLLAR ULLÍ MAQSETKE JETELEYDI
янв.21
Xalıq deputatları Qaraózek rayonlıq Keńesi Sociallıq taraw, jaslar siyasatı, mádeniyat hám sport máseleleri boyınsha turaqlı komissiyası májilisi bolıp ótti.
янв.21
Xalıq deputatları Qaraózek rayonlıq Keńesi baslıǵı G.Yusupova, 14-Berdaq saylaw okrugi deputatı S.Sayımova hám sekretariat bas qánigesi M.Atajanovlar tárepinen Mádeniyat awıl puqaralar jıyını aymaǵında jaylasqan ulıwma bilim beriw mektepleriniń 2026-2027-jańa oqıw jılına tayarlıǵı barısı boyınsha úyreniw jumısları alıp barıldı.
янв.21
Xalıq deputatları Qaraózek rayonlıq Keńesi sekretariatı baslıǵı, deputat Q.Jaqsımuratov Esim máhállesi aymaǵındaǵı bilimlendiriw mákemelerinde arnawlı sorawnama tiykarında úyreniw jumısların alıp bardı. Aymaqtaǵı 1-sanlı mektepte deputat tárepinen ǵárezsizlik bayramın múnásip belgilew baǵdarında jumıslar barısı hám jańa oqıw jılına tayarlıǵı úyrenildi.
янв.21
Akademik Ch.Abdirov atındaǵı Qaraózek rayonı medicina birlespesinde Xalıq deputatları Qaraózek rayonlıq Keńesi deputatları hám ǴXQ wákilleri ushın press-tur shólkemlestirildi.
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 19-sessiyasi to‘g‘risida batafsil rasmiy axborot

Joriy yilning 30-mart kuni yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining navbatdagi 19-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada tuman hokimining o‘rinbosarlari, tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari, ekspert guruhi a’zolari, mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari, xotin-qizlar faollari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Sessiya ishini Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Alisher Yo‘ldashev ochib berdi va olib bordi. Majlis O‘zbekiston Respublikasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat madhiyalari sadolari ostida boshlandi. Sessiya kotibligiga “25-Nazarxon” saylov okrugidan deputat Jetkerbay Ibragimov nomzodi deputatlar tomonidan bir ovozdan ma’qullandi.

Sessiya kun tartibiga kiritilgan bir qator muhim masalalar yuzasidan tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari Jahongir Yo‘ldoshev hisobot berdi. Hisobotda, avvalo, alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish uchun yig‘imlarning cheklangan stavkalarini belgilash masalasi ko‘rib chiqildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 12-sentabrdagi “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda mahsulot yetishtirishning uzluksizligini ta’minlash va yer resurslaridan samarali foydalanishni oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-172-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash borasida tumanda amalga oshirilayotgan ishlar haqida atroflicha ma’lumot berildi.

Shu bilan birga, 2026-yil uchun tashabbusli budjet jarayonining birinchi mavsumi yakunlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar alohida e’tibor markazida bo‘ldi. Qayd etilishicha, tashabbusli budjet jarayoni uchun jami 17 mlrd 908 mln 158 ming 500 so‘m mablag‘ shakllantirilgan. Ushbu mablag‘lar quyidagi manbalar hisobidan jamlangan: joriy yil byudjet parametrlarida nazarda tutilgan 12 mlrd 243 mln 976 ming 500 so‘m, tashabbusli budjet jamg‘armasidagi qoldiq mablag‘lar — 3 mlrd 215 mln 949 ming 619 so‘m, 2025-yil ikkinchi mavsum yakunlari bo‘yicha iqtisod qilingan mablag‘lar hisobidan qayta tiklangan 31 mln 732 ming 381 so‘m hamda 2025-yil yakunlari bo‘yicha shakllangan erkin qoldiq mablag‘larning kamida 30 foizi hisobidan yo‘naltirilgan 2 mlrd 416 mln 500 ming so‘m mablag‘lar.

“Ochiq budjet” portalida 2026-yil 1-fevraldan 20-fevralga qadar bo‘lgan davrda tuman fuqarolari tomonidan jami 108 ta tashabbus ilgari surilgan. Ushbu tashabbuslarning 96 tasi mas’ul tashkilotlar tomonidan qayta ko‘rib chiqilib, jamoatchilik muhokamasi va ovoz berish jarayoniga qo‘yilgan. Ovoz berish jarayoni joriy yilning 10 martidan 20 martiga qadar davom etib, uning yakunlariga ko‘ra jamg‘arma doirasidagi mablag‘lar hisobidan eng ko‘p ovoz to‘plagan 10 ta loyiha g‘olib deb topildi. Mazkur loyihalarning umumiy qiymati 16 mlrd 475 mln 323 ming 365 so‘mni tashkil etadi.

Kun tartibidagi navbatdagi masala — “Mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish to‘g‘risida” bo‘lib, u yuzasidan tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Timurbek Doshumbayevning hisoboti tinglandi. Hisobotda qayd etilishicha, aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirish maqsadida turli ijtimoiy qatlamlar o‘rtasida keng qamrovli targ‘ibot ishlari amalga oshirilgan. Jumladan, voyaga yetmaganlar o‘rtasida 218 ta, xotin-qizlar o‘rtasida 162 ta, tarbiyasi og‘ir yoshlar o‘rtasida 134 ta hamda probatsiya nazoratidagi shaxslar o‘rtasida 26 ta profilaktik tadbirlar tashkil etilgan.

Shuningdek, bolalar tarbiyasiga mas’uliyatsiz yondashgan 463 nafar ota-onaga nisbatan ma’muriy choralar ko‘rilgan, 48 nafar tarbiyasi og‘ir o‘quvchi bilan individual profilaktik ishlar olib borilgan. Mahallalarda sodir etilgan 20 ta jinoyat holati jamoatchilik ishtirokida muhokama qilinib, ularning kelib chiqish sabablari tahlil etilgan. Notinch hamda ajrim yoqasidagi 145 ta oila bilan manzilli ishlash tashkil etilib, bu jarayonga 172 nafar imom-xatib va otinoyilar jalb qilingan hamda natijada 65 ta oilani yarashtirishga erishilgan.

Sessiyada tuman hokimining o‘rinbosari — oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Go‘zal Saburovaning faoliyati yuzasidan hisoboti ham tinglandi. Hisobotda mahallalarda istiqomat qilayotgan xotin-qizlarning muammolarini aniqlash va hal etish maqsadida muntazam ravishda uyma-uy o‘rganish ishlari olib borilayotgani ta’kidlandi. O‘rganishlar jarayonida xotin-qizlarning ijtimoiy ahvoli, bandlik darajasi, oilaviy muammolari hamda turmush sharoitlari atroflicha tahlil qilinib, aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur choralar ko‘rilmoqda.

Joriy yil boshidan buyon 32 nafar xotin-qizlar faollari tomonidan uyma-uy yurib o‘tkazilgan xatlovlar natijasida ijtimoiy ko‘makka muhtoj 6022 nafar xotin-qizlar ro‘yxati shakllantirilib, mahalla “yettiligi”ning kollegial qaroriga asosan “Ayollar daftari”ga kiritilgan. Ushbu toifadagi xotin-qizlarga manzilli yordam ko‘rsatish maqsadida aniq chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilgan.

Xususan, 1-toifa — ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlar yo‘nalishida 1520 nafar, 2-toifa — tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagidagi xotin-qizlar yo‘nalishida 71 nafar, uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj xotin-qizlar bo‘yicha 55 nafar, 4-toifa — tibbiy va psixologik yordamga muhtojlar bo‘yicha 1749 nafar hamda 5-toifa — huquqiy yordamga muhtoj xotin-qizlar bo‘yicha 2616 nafarga ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatish rejalashtirilgan.

Shuningdek, ajrim yoqasidagi, nizoli hamda tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarga tumanda tashkil etilgan “Oila va xotin-qizlar maskani” orqali malakali psixolog va yuristlar ishtirokida amaliy yordam ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgan. Zarur hollarda mulkiy nizolarni hal etish uchun sud organlariga da’vo arizalari kiritish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash ham belgilangan.

Sessiyada ko‘p kvartirali uylarni mukammal va joriy ta’mirlash bo‘yicha manzilli ro‘yxatni tasdiqlash masalasi yuzasidan tuman qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i Ahmadjon Rajapov axborot berdi. Unda tumandagi mavjud ko‘p kvartirali uylarni bosqichma-bosqich ta’mirlash, ularning tutash hududlarida “yashil bog‘lar” barpo etish, 1991-yilgacha qurilgan uylarning elektron pasportlarini yaratish hamda 2026–2027-yillarga mo‘ljallangan infratuzilma loyihalarining asosiy parametrlarini belgilash bo‘yicha dasturlar taqdim etildi.

Bundan tashqari, tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i Zafar Axmedov tomonidan 2026-yilning birinchi choragi davomida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot berildi.

Sessiya kun tartibidan, Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi Raisining 285/1-Б-sonli farmoyishini tasdiqlash masalasi, deputatlarning saylovchilar oldida hisobot berish jadvalini tasdiqlash, fuqarolarning turar joylarga bo‘lgan mulk huquqi hamda yer uchastkalariga ijara huquqlarini e’tirof etish bo‘yicha qarorlarga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, Yoshlar maslahat guruhi tarkibiga o'zgartirish kiritish masalalari ham o‘rin oldi.

Sessiya davomida kun tartibidagi barcha masalalar har tomonlama muhokama qilinib, ular yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi. Shu bilan Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 19-sessiyasi o‘z ishini yakunladi. 

Slide 1 of 16