Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashi tomonidan “Uzun tumanini 2026-yilda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi to‘g‘risida"gi qarorni tasdiqladi.
Dastur doirasida quyidagi ustuvor yo‘nalishlar belgilandi:
🔹 Ishsizlikni kamaytirish va kambag‘allikni 1,8% ga pasaytirish;
🔹 Sanoat loyihalarini rivojlantirish, erkin va kichik sanoat zonalaridan samarali foydalanish
🔹 Turizm va xizmat ko‘rsatish sohalarini kengaytirish;
🔹 Qishloq xo‘jaligida samarali yer foydalanish, yangi bog‘ va tokzorlar yaratish;
🔹 Tadbirkorlik va startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash;
🔹 Ijtimoiy infratuzilma va obodonlashtirish, zamonaviy uy-joylar qurish;
📈 Dastur tumanning iqtisodiy salohiyatini oshirish va aholi farovonligini ta’minlashga xizmat qiladi.