Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashiga 1-"O'smat" saylov okrugidan saylangan deputat Ergashev Aziz Mamarasulovich Fayzobod mahalla fuqarolar yig‘inida ishsiz yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni doimiy ish o‘rinlariga joylashtirish hamda kasb-hunarga yo‘naltirish masalalarini joyida o‘rganishdan iborat bo‘ldi.
Muloqot davomida yoshlar tomonidan ishga joylashish, kasb-hunar o‘rganish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash hamda imtiyozli kredit olish yuzasidan murojaatlar bildirildi. Har bir murojaat atroflicha ko‘rib chiqilib, mas’ul tashkilot rahbarlariga topshiriqlar berildi.
Shuningdek, yoshlarni mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga o‘qitish, o‘zini o‘zi band qilish va tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar belgilandi. Ta’kidlanganidek, yoshlar bandligini ta’minlash va ularning muammolarini tizimli hal etish ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.