#deputat_iqtibosi
🖍"Hayot sinovlaridan o‘tgan, tajriba va sabr maktabini ko‘rgan – nuroniylarning har bir so‘zi ortida yillar davomida orttirilgan bilim, xulosa va ibrat mujassam. Shu bois ham, jamiyat ma’naviy qiyofasi avvalo ularning hikmati, duosi va oqilona maslahati bilan mustahkamlanadi. Nuroniylar nafaqat maslahatchi, balki tirik namuna. Ular hayot tarzi, sabr-toqati, vatanparvarligi va insonparvarligi bilan yosh avlodga yo‘l ko‘rsatuvchi mash’aldir..”
JO'RA AXMEDQULOV
Xalq deputatlari Nurafshon shahri Kengashi deputati,
“Nuroniy” jamg‘armasi Nurafshon shahri bo‘limi boshlig‘i.
Xalq deputatlari Nurafshon shahri Kengashi kotibiyati axborot xizmati.