Aholi muammolari va hudud manfaatlariga oid muhim va dolzarb masalalar deputat nazoratida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030-yilga qadar rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-98-sonli Farmoniga asosan Aholi muammolari va hudud manfaatlariga oid muhim va dolzarb masalalarni hal etishda «mahalla yettiligi» — tuman (shahar) Kengashi — viloyat Kengashi — Senat» tamoyili asosida kuchaytirishni yo‘lga qo‘yish maqsadida xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashi deputati M.Zaripova tomonidan “Nurobod” mahallasidagi qishloq oilaviy poliklinikasida nazorat-tahlil tadbirlari o‘tkazilib, unda aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish holatlari manzilli tahlil etildi.