Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati B.Sadikova "Yangisanoat" mahallasidagi "kambag‘allik reyestri"ga kiritilgan oilalar xonadonlariga tashrif buyurib, ularning yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida oilalarni qiynayotgan muammolar — ish bilan ta’minlash, doimiy daromad manbai yaratish, uy-joy sharoitini yaxshilash, ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam masalalari atroflicha o‘rganildi. Har bir xonadonda suhbat o‘tkazilib, muammolar individual ravishda qayd etildi.
Aniqlangan masalalar bo‘yicha tegishli tashkilotlarga topshiriqlar berilib, ayrim muammolarni joyida hal etish choralari ko‘rildi. Murakkab masalalar esa alohida nazoratga olindi.
Fuqarolar bilan bevosita muloqot qilish, ularning dardini tinglash va amaliy yordam ko‘rsatish — ustuvor vazifa bo‘lib qoladi.