📌 Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi!
Quvasoy shahrida Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashining “Yoshlar siyosati, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya”ning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda shaharda “Ayollar daftari”ning oltinchi bosqichi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan atroflicha muhokamalar o‘tkazildi. Xususan, ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga moddiy, huquqiy, tibbiy va psixologik yordam ko‘rsatish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar dastlabki tarzda ko‘rib chiqildi.
🔹 Komissiya a’zolari tomonidan mavjud muammolar, yechim talab etayotgan masalalar va kelgusidagi vazifalar muhokama qilinib, mas’ullarga tegishli taklif va tavsiyalar berildi.
🔹 Shuningdek, “Ayollar daftari” doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni yanada samarali tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Yig‘ilish yakunida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.