Sho'rchi tumanida partiya targ'iboti bo'yicha davra suhbati o'tkazildi.
💙Xalq deputatlari Shoʻrchi tumani Kengashiga Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat M. Bobonazarova tashabbusi bilan tumandagi Baxshtepa mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 17-sonli umumtaʼlim maktabida partiya targʻibotiga bagʻishlangan davra suhbati tashkil etildi.
✅Mazkur tadbirda maktab maʼmuriyati, pedagoglar, faol yoshlar ishtirok etdi. Davra suhbati davomida deputat M. Bobonazarova tomonidan, Oʻzbekiston Ekologik partiyasining dasturiy maqsad va vazifalari, atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik madaniyatni oshirish, yashil hududlarni kengaytirish, chiqindilarni saralash, aholi va yoshlar o‘rtasida ekologik masʼuliyatni kuchaytirish bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar haqida batafsil maʼlumotlar berildi.
🌐Shuningdek, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi, ekologik muammolarga qarshi kurashishda jamoatchilik nazoratining ahamiyati alohida taʼkidlandi.
Tadbir ochiq muloqot ruhida o‘tib, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar. Deputat tomonidan berilgan javoblar orqali yoshlarning ekologik ongini oshirish, tabiatga masʼuliyatli munosabatni shakllantirish zarurligi qayd etildi.
📌Bunday targ‘ibot tadbirlari joylarda aholining ekologik faolligini oshirishga xizmat qilmoqda.