Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Qaraózek rayonı hákimligi májilisler zalında Xalıq deputatları rayonlıq Keńesi hám rayonlıq Máhálleler awqamı, Respublika ruwxıy hám aǵartıwshılıq orayı rayonlıq bólimi, awıl hám mákan puqaralar jıyınları baslıqları, «máhálle jetiligi» wákilleri birgelikte kóshe biyleri hám belsendi hayal-qızlar menen ushırasıw ótkerdi.
янв.21
Xalıq deputatları Qaraózek rayonlıq Keńesiniń gezektegi on altınshı sessiyası bolıp ótti.
янв.21
«Eń úlgili kóshe biyi» tańlawınıń jeńimpazları sıylıqlandı
янв.21
Ózbekstan Respublikası Prezidenti Shavkat Mirziyoyevtiń Oliy Majlis hám Ózbekstan xalqına jollaǵan Múrájatı hámde «Ózbekstan-2030» strategiyasında belgilep berilgen tiykarǵı wazıypalardıń mazmun-mánisin keńnen úgit-násiyatlaw maqsetinde Qaraózek awıl puqaralar jıyını aymaǵındaǵı 25-sanlı mektepte úgit-násiyatlaw ilajı ótkerildi.
янв.21
Deputatlar hám miymanlar jıynalǵanlarǵa Ózbekstan Respublikası Prezidenti Sh.Mirziyoyevtıń Oliy Majliske hám Ózbekstan xalqına jollaǵan múrájatı hámde jańalanıp atırǵan «Ózbekstan – 2030» strategiyası joybarı, sonday-aq, jańa nızam hám húkimetlik qararlar, mámleketlik baǵdarlamalardı hámde jergilikli Keńeske saylanǵan deputatlar iskerligin tanıstırıp, pikir, usınıslar tıńlandı.
янв.21
Qaraózek rayonı Akademik Sabır Kamalov awıl puqaralar jıyını aymaǵındaǵı 5-sanlı mektepte Xalıq deputatları Qaraózek rayonlıq Keńesine 12-Qarakól okruginen deputat A.Kelimbetova hám 13-Qara aǵash okruginen deputat M.Gulimbetovlardıń saylawshılar menen ushırasıwı ótkerildi.
янв.21
Ózbekstan Respublikası Prezidenti Sh.Mirziyoyevtıń Oliy Majliske hám Ózbekstan xalqına jollaǵan múrájatı hámde jańalanıp atırǵan «Ózbekstan – 2030» strategiyası joybarın keń jámiyetshilik arasında úgit-násiyatlaw ilajları Qaraózek rayonında dawam etpekte.
янв.21
Prezident Múrájatınıń mazmun-mánisi Qaraózek rayonında keńnen úgit-násiyatlanbaqta
янв.21
Ózbekstan Respublikası Prezidenti Shavkat Mirziyoyevtiń Oliy Majlis hám Ózbekstan xalqına jollaǵan Múrájatı hámde “Ózbekstan-2030” strategiyasında belgilep berilgen tiykarǵı wazıypalardıń mazmun-mánisin keńnen úgit-násiyatlaw, sonday-aq, strategiyalıq maqsetler boyınsha deputatlar hám xalıqtıń pikir, usınısların tıńlaw maqsetinde Qaraózek rayonı jaslar orayında úgit-násiyat ilajı ótkerildi.
янв.21
Xalıq deputatları Qaraózek rayonlıq Keńesi 11-Qarabuǵa okruginen deputat Salamat Xalmuratov «Insan» social xızmet kórsetiw orayı rayonlıq bólimi wákilleri menen birgelikte A.Dosnazarov awıl puqaralar jıyını aymaǵında jasawshı puqaralar menen ushırasıw ótkerdi.
Davlatimiz rahbari Urgut tumanidagi “Ferre Group” korxonasining maishiy texnika ishlab chiqarish loyihasi faoliyati bilan tanishdi.

Davlatimiz rahbari Urgut tumanidagi “Ferre Group” korxonasining maishiy texnika ishlab chiqarish loyihasi faoliyati bilan tanishdi.

“Urgut” erkin iqtisodiy zonasidagi mazkur korxona keyingi yillarda yurtimizda tadbirkorlik subyektlariga yaratilgan qulay imkoniyat va ishonchli investitsiya muhiti natijasida tashkil etilgan zamonaviy ishlab chiqarish majmuasi sanaladi.

Dastlab xorijdan keltirilgan butlovchi buyumlar asosida bir necha turdagi maishiy texnika vositalarini yig‘ish bilan faoliyat boshlagan korxona bugunga kelib muzlatkich, gaz plita, kichik pech, changyutkich va dudburon, boshqa uy-ro‘zg‘or buyumlari, zamonaviy temir eshiklar ishlab chiqarish bo‘yicha Markaziy Osiyoda mustahkam o‘ringa ega yirik kompaniyaga aylangan.

Bu yerda “Dorsa”, “Kleo”, “Ferre” kabi brendlar ostida “O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan” yorlig‘i bilan tayyorlanayotgan mahsulotlar Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjonga eksport qilinmoqda. Ichki bozordagi raqobat muhitida ham “Ferre” o‘z o‘rnini topgan brendga aylangan. Korxonaning yillik quvvati hozirda o‘rtacha 440 milliard so‘mlik 250 ming dona mahsulotni tashkil etib, bu ko‘rsatkich yil sayin oshib bormoqda.

Ishlab chiqarish jarayonida "Embraco", "LG", "DOW", "Midea" kabi dunyodagi yetakchi kompaniyalar materiallari va butlovchi qismlaridan foydalaniladi. Bugungi kunda korxona mahsulotlarining mahalliylashtirish darajasi qariyb 85 foizni tashkil etadi.

Loyihaning umumiy qiymati o‘ttiz million AQSh dollari bo‘lib, xorijiy investitsiya va bankning imtiyozlari kreditlari jalb etilgan. Mingga yaqin ish o‘rni yaratilgan. Ishlab chiqarish uskunalari Germaniya, Turkiya, Italiya va Xitoyning eng so‘nggi rusumdagi texnologiyalari hisoblanadi.

Shavkat Mirziyoyev bu yerdagi ishlab chiqarish jarayonini kuzatdi, korxona mas’ullari va mutaxassislar bilan suhbatlashib, xalqaro standartlarga mos mahsulotlar turini oshirish va xorij bozoridagi o‘rnini yana-da mustahkamlash zarurligini ta’kidladi. Bu borada davlat tomonidan yaratib berilgan imkoniyat va imtiyozlardan unumli foydalanish zarurligi qayd etildi.

O‘z brendiga asos solib, yurtimiz dovrug‘ini dunyoga taratayotgan tadbirkorlar doimo qo‘llab-quvvatlanishi aytildi. Ular qo‘shimcha qiymat yaratib, minglab odamlarni doimiy daromadga ega qilmoqda.

– Tadbirkorni qo‘llab-quvvatlamasdan yangi O‘zbekistonni barpo qila olmaymiz. Agar sizlar tinimsiz izlanib, birlashsangiz, Samarqandda kambag‘al degan qatlam qolmaydi. Harakatda bo‘lib, O‘zbekiston nomini jahonga tanitishdek imkoniyatga egasiz, – dedi Prezident.

Davlatimiz rahbari “Urgut” erkin iqtisodiy zonasida bu kabi ishlab chiqarish korxonalarini ko‘paytirish orqali qo‘shimcha qiymat yaratish va yangi ish o‘rinlari ochishning muhimligini ta’kidlab, mas’ullarga topshiriqlar berdi.

Shu yerda Prezident investitsiya loyihalari, Samarqand viloyatidagi yetakchi sanoat korxonalarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar ko‘rgazmasi bilan tanishdi.

Taqdimotda sog‘liqni saqlash, tog‘-kon sanoati, qurilish materiallari ishlab chiqarish, texnopark, ipakchilik va metallurgiya yo‘nalishlaridagi qator loyihalar haqida ma’lumot berildi.

Samarqand shahrida Turkiyaning nufuzli kompaniyalari bilan hamkorlikda davlat-xususiy sherikligi asosida ko‘p tarmoqli shifoxona tashkil etish loyihasi amalga oshiriladi. Ushbu loyiha doirasida 1 ming nafar ish o‘rni yaratiladi.

Bulung‘ur tumanida esa Xitoy kompaniyasi bilan tibbiy preparatlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan. Bu loyiha doirasida ham 1 ming nafar odamning bandligi ta’minlanadi.

Shuningdek, Xitoy kompaniyalari Urgut tumanida ipak tolasi hamda mato ishlab chiqarish, Nurobod tumanida texnopark maxsus sanoat zonasini tashkil etish, Samarqand shahrida po‘latni eritishda foydalaniladigan kimyoviy qotishmalar tayyorlash, Pastdarg‘om tumanida ko‘chma inshootlar yasash kabi loyihalar taqdim etildi.

Loyihalarni o‘z vaqtida sifatli va tezkor amalga oshirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi. 

Slide 1 of 7