🔹 O‘rganish davomida amalga oshirilayotgan qurilish-montaj ishlarining sifati, belgilangan talablar asosida bajarilishi, aholiga yaratilayotgan qulayliklar hamda bajarilayotgan ishlar yuzasidan fuqarolarning munosabati va takliflariga e’tibor qaratildi.
🔹 Muloqot jarayonida aholi tomonidan bildirilgan fikrlar tinglanib, ko‘p qavatli uy-joylarda yashash sharoitlarini yanada yaxshilash, qurilish ishlarida sifat va xavfsizlik talablariga rioya etish hamda mavjud masalalarni bartaraf etish yuzasidan fikr almashildi.
✅ Deputatlik nazorati doirasida olib borilgan mazkur o‘rganishdan ko‘zlangan maqsad — aholi manfaatlarini ta’minlash, fuqarolar takliflarini inobatga olish va qurilish-montaj ishlarining sifatli bajarilishiga jamoatchilik e’tiborini kuchaytirishdan iborat.