Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

AHOLI TADBIRKORLIGINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI O‘RGANILDI

 Uchrashuv davomida tadbirkorlarning faoliyati, mavjud imkoniyatlari va muammolari o‘rganildi. Xususan, tadbirkorlardan biri o‘z issiqxonasini kengaytirish istagini bildirdi. Unga shu kungacha imtiyozli kredit va subsidiya ajratilgani ma’lum qilindi.

Shuningdek, issiqxona faoliyatini kengaytirish orqali ishlab chiqarish hajmini oshirish va yangi ish o‘rinlarini yaratish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Aholi tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish va tadbirkorlikni yanada rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 2