KENGASHGA KELIB TUSHGAN HUJJATLAR QANDAY QABUL QILINADI?
Mahalliy Kengashga hujjatlar qog‘oz yoki elektron shaklda kiritilishi mumkin.
📌 Hujjatlarni qabul qilib olish va dastlabki ishlov berish kotibiyat tomonidan amalga oshiriladi.
Kelib tushgan hujjatlar:
✅ tekshiriladi;
✅ ro‘yxatga olinadi;
✅ tegishli ijrochilarga yetkaziladi;
✅ zarur hollarda rezolyutsiya bilan ijroga yo‘naltiriladi.
Elektron tizimda hujjatning qayerdan kelgani, jo‘natuvchi tashkilot, chiqish raqami va sanasi, hujjat nomi hamda kirim raqami va sanasi kabi ma’lumotlar qayd etiladi.
⏱️ Hujjatlarni ishlovdan o‘tkazish va ijrochilarga yetkazish, odatda, ular kelib tushgan kunning o‘zida amalga oshiriladi.