Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oila holati o‘rganildi
янв.21
Yangiobod ko‘chasini asfaltlashtirish masalasi o‘rganildi
янв.21
Mahalladagi elektr simyog‘ochlari holati yuzasidan o‘rganish olib borildi
янв.21
Mahalla raisining faoliyati va hududdagi ijtimoiy holat o‘rganildi
янв.21
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob olindi
янв.21
Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik jamg‘armasi mablag‘larini ajratish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Aholi murojaatlari bilan ishlash holati va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Hududni ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha taklif o‘rganildi
янв.21
“Bo‘ston” mahallasida “Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Bo‘ston” mahallasida ta’mirlangan yo‘llar holati o‘rganildi
🏛 FUQORO MUROJAATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI

🏛 FUQORO MUROJAATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashining 20-Yo‘lchilar saylov okrugi deputati G.Allanova tomonidan fuqaro murojaatlarini o‘rganish, ularning muammolarini joyida hal etish hamda aholi bilan bevosita muloqot qilish maqsadida Yo‘lchilar OFY hududida fuqaro murojaati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

📍 O‘rganish jarayonida deputat G.Allanova tegishli mas’ullar bilan birgalikda Yo‘lchilar OFYga borib, murojaat bilan chiqqan fuqaro bilan yuzma-yuz uchrashdi va suhbatlashdi. Muloqot davomida fuqaroning yashash sharoiti, mavjud muammolari hamda uni qiynayotgan masalalar tinglanib, murojaatning mazmun-mohiyati atroflicha o‘rganildi.

💼 Suhbat davomida fuqaro tomonidan bandlik masalasida yordam so‘raldi. Xususan, fuqaroning ish bilan ta’minlanishiga ko‘maklashish, uning bandligini ta’minlash imkoniyatlarini ko‘rib chiqish yuzasidan fikr almashildi.

🤝 Murojaatni hal etish maqsadida tegishli mas’ullar tomonidan fuqaroning bandligini ta’minlash imkoniyatlarini o‘rganish, mavjud bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risida ma’lumot berish hamda uni munosib ishga joylashtirishga ko‘maklashish bo‘yicha zarur choralarni amalga oshirish belgilandi.

✅ Asosiy maqsad — fuqarolar murojaatlariga befarq bo‘lmaslik, aholini qiynayotgan muammolarni joyida o‘rganish, ularni hal etishda amaliy yordam ko‘rsatish va fuqarolarning bandligini ta’minlashga ko‘maklashishdan iborat.

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi deputatlari tomonidan aholi bilan muloqotlarni davom ettirish, fuqarolar murojaatlarini o‘rganish hamda ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan ishlar izchil olib borilmoqda.

Slide 1 of 1