Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangiobod ko‘chasini asfaltlashtirish masalasi o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oila holati o‘rganildi
янв.21
Mahalladagi elektr simyog‘ochlari holati yuzasidan o‘rganish olib borildi
янв.21
Mahalla raisining faoliyati va hududdagi ijtimoiy holat o‘rganildi
янв.21
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob olindi
янв.21
Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik jamg‘armasi mablag‘larini ajratish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Aholi murojaatlari bilan ishlash holati va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Hududni ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha taklif o‘rganildi
янв.21
“Bo‘ston” mahallasida “Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Bo‘ston” mahallasida ta’mirlangan yo‘llar holati o‘rganildi
🚑BEPUL DORI VOSITALARI BILAN TA’MINLASH HOLATI DEPUTAT NAZORATIDA

🚑BEPUL DORI VOSITALARI BILAN TA’MINLASH HOLATI DEPUTAT NAZORATIDA

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati Sh. Teshayev, tuman Kengashi kotibiyati mudiri I. Xolov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi R. Murodov hamkorligida Qaravul mahallasi hududida joylashgan M. Torobiy oilaviy shifokorlik punktida aholini bepul dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi.
🏦O‘rganish davomida aholiga belgilangan tartibda bepul beriladigan dori vositalarining mavjudligi, ularning bemorlarga o‘z vaqtida yetkazilishi hamda tibbiy xizmat ko‘rsatish jarayonidagi holatlarga e’tibor qaratildi.
🏦Ta’kidlash joizki, aholini zarur dori vositalari bilan ta’minlash, ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning tibbiy yordamdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish muhim ahamiyatga ega. Shu bois mazkur yo‘nalishdagi ishlar ustidan deputatlik nazoratini olib borish, mavjud muammolarni aniqlash va ularning yechimi bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilishini ta’minlash dolzarb vazifalardan biridir.
🏦Deputatlik o‘rganishlari orqali tibbiyot muassasalari faoliyatida aholi manfaatlariga daxldor masalalarni joyida tahlil qilish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullar oldiga tegishli vazifalar qo‘yish hamda ularning ijrosini nazorat qilishga alohida e’tibor qaratiladi.
🏦Aholi salomatligi va sifatli tibbiy xizmat — deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biri.

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt

Slide 1 of 7