Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangiobod ko‘chasini asfaltlashtirish masalasi o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oila holati o‘rganildi
янв.21
Mahalladagi elektr simyog‘ochlari holati yuzasidan o‘rganish olib borildi
янв.21
Mahalla raisining faoliyati va hududdagi ijtimoiy holat o‘rganildi
янв.21
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob olindi
янв.21
Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik jamg‘armasi mablag‘larini ajratish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Aholi murojaatlari bilan ishlash holati va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Hududni ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha taklif o‘rganildi
янв.21
“Bo‘ston” mahallasida “Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Bo‘ston” mahallasida ta’mirlangan yo‘llar holati o‘rganildi
🔹TIBBIYOT XODIMLARI FARZANDLARINING TA’LIMI UCHUN MUHIM QO‘LLAB-QUVVATLASH

🔰#munosabat

🔹TIBBIYOT XODIMLARI FARZANDLARINING TA’LIMI UCHUN MUHIM QO‘LLAB-QUVVATLASH

➡️Davlat tibbiyot muassasalarida kamida 15 yil mehnat qilgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining farzandlari kontrakt to‘lovining 30 foizi davlat tomonidan qoplab berilayotgani ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning muhim ko‘rinishidir.
➡️Deputat sifatida ta’kidlashni istardimki, inson salomatligi yo‘lida uzoq yillar fidokorona mehnat qilgan tibbiyot xodimlarini va ularning oilalarini qo‘llab-quvvatlash katta ahamiyatga ega. Ushbu subsidiya ota-onalarning moliyaviy yukini yengillashtirish, farzandlarining oliy ta’lim olishi uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratishga xizmat qiladi.
➡️Eng muhimi, bu kabi amaliy yordamlar ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish bilan birga, tibbiyot va farmatsevtika sohasida ko‘p yillik mehnat qilgan insonlarga e’tibor va hurmatning ifodasidir.
➡️Bunday qo‘llab-quvvatlash choralari o‘z samarasini berishi uchun arizalarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, subsidiya mablag‘larining manzilli va belgilangan tartibda yetkazilishini ta’minlash muhimdir.

Zilola Shomurodova,
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati,

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt