Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangiobod ko‘chasini asfaltlashtirish masalasi o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oila holati o‘rganildi
янв.21
Mahalladagi elektr simyog‘ochlari holati yuzasidan o‘rganish olib borildi
янв.21
Mahalla raisining faoliyati va hududdagi ijtimoiy holat o‘rganildi
янв.21
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob olindi
янв.21
Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik jamg‘armasi mablag‘larini ajratish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Aholi murojaatlari bilan ishlash holati va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Hududni ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha taklif o‘rganildi
янв.21
“Bo‘ston” mahallasida “Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Bo‘ston” mahallasida ta’mirlangan yo‘llar holati o‘rganildi
Uzun tumani hokimligi binosida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan muhim ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Uzun tumani hokimligi binosida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan muhim ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Unda Muhtaram Prezidentimizning O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan bayram nutqida ilgari surilgan ezgu g‘oyalar, muhim tashabbuslar va ustuvor vazifalarning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur nufuzli tadbirda xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputati Mastura Mamurjonova ham faol ishtirok etib, minbardan so‘zga chiqdi.
O‘z nutqida u quyidagi muhim jihatlarga to‘xtalib o‘tdi:

Mustaqillik yillarida qo‘lga kiritilgan ulkan yutuqlar va tumanimizda amalga oshirilayotgan tub o‘zgarishlar;

Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan ustuvor vazifalarni hayotga tatbiq etishda deputatlar va keng jamoatchilikning hamkorligi nechog‘li muhimligi;

Har bir fuqaro, ayniqsa, yoshlarni yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning kelajagi uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanish lozimligi.

Tadbir ko‘tarinki ruhda, qizg‘in muloqot va vatanparvarlik ruhidagi chiqishlarga boy tarzda o‘tdi. Bu kabi uchrashuvlar yurtdoshlarimiz qalbida ertangi kunga bo‘lgan ishonchni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.