Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

#Deputat_so‘rovi

#deputat_so‘rovi

✅Zangiota tumanidagi 27-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borilishi davomida maktabning bir qavatli binosi elektr energiyasi ta’minotidan uzilganil aniqlandi.

✅Mazkur holat ta’lim-tarbiya jarayonini belgilangan tartibda tashkil etish, o‘quvchilarning sifatli ta’lim olishi hamda pedagog xodimlarning samarali faoliyat yuritishiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

✅Ushbu muammoni bartaraf etish, maktabda elektr energiyasi ta’minotini tiklash va ta’lim olish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida tuman Kengashi deputati G. Tursunova tomonidan tuman Elektr tarmoqlari korxonasi hamda tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi rahbarlariga deputatlik so‘rovlari yuborildi.

✅Mazkur deputatlik so‘rovidan ko‘zlangan asosiy maqsad — aniqlangan muammoni qonunchilikda belgilangan tartibda hal etish, maktabning elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlanishiga ko‘maklashish hamda munosib ta’lim va mehnat sharoitlarini yaratishdan iborat.

Slide 1 of 2