Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Yalang‘och ota” mahallasida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Yalang‘och ota” mahallasida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
“Yalang‘och ota” mahallasida xotin-qizlarni himoya qilish borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Ta’lim muassasasining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
“Yalang‘och ota” mahallasida profilaktika inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
“Yalang‘och ota” mahallasida mahalla raisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Qo‘qon shahar Musiqali drama teatri faoliyati va 9 oylik hisoboti muhokama qilindi
янв.21
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob olindi
🔽Hazorman mahallasidagi ichki yo‘llar deputat nazoratida

🔽Hazorman mahallasidagi ichki yo‘llar deputat nazoratida

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati U. Ro‘ziyev tomonidan Hazorman mahallasidagi ichki yo‘llarning holati o‘rganilib, aholi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaxshilash masalasiga e’tibor qaratildi.
⚡️O‘rganishlar davomida mahalladagi ayrim ichki yo‘llarning qoplamasi talab darajasida emasligi, ayniqsa, 1200 metr yo‘l qismini shag‘allashtirish zarurligi aniqlandi. Mazkur masala aholi murojaatlari va hududdagi mavjud ehtiyojlardan kelib chiqib, deputat tomonidan nazoratga olindi.
⚡️Muammoni amaliy hal etish maqsadida deputat tuman hokimi o‘rinbosari, Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i X. Bafoyev nomiga deputatlik so‘rovi yo‘lladi. So‘rovda Hazorman mahallasidagi 1200 metr ichki yo‘l qismini shag‘allashtirish, yo‘lning foydalanish holatini yaxshilash hamda aholiga qulay sharoit yaratish yuzasidan tegishli choralar ko‘rish so‘ralgan.
⚡️Deputatlik so‘rovi orqali masalaning mas’ul tashkilotlar tomonidan ko‘rib chiqilishi, mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib amaliy yechim topilishi va ishlarning ijrosi nazoratga olinishi ko‘zda tutilgan.
⚡️Aholi murojaatlarida ko‘tarilayotgan muammolarni joyida o‘rganish, ularning yechimi yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari kiritish hamda ijrosini nazorat qilish — deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.
⚡️Hazorman mahallasidagi ichki yo‘llarni yaxshilash masalasi ham deputatlik nazoratida davom ettiriladi.

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt

Slide 1 of 2