Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Yalang‘och ota” mahallasida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Yalang‘och ota” mahallasida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
“Yalang‘och ota” mahallasida xotin-qizlarni himoya qilish borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Ta’lim muassasasining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
“Yalang‘och ota” mahallasida profilaktika inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
“Yalang‘och ota” mahallasida mahalla raisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Qo‘qon shahar Musiqali drama teatri faoliyati va 9 oylik hisoboti muhokama qilindi
янв.21
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob olindi
Xonchorbog‘ mahallasida faoliyat rejasi muhokama qilinib, oilaning holati o‘rganildi

🏛 Xonchorbog‘ mahallasida faoliyat rejasi muhokama qilinib, oilaning holati o‘rganildi
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati D.Jabborova tomonidan Xonchorbog‘ mahallasida kambag‘allikni qisqartirish, aholini daromadli mehnat bilan ta’minlash va ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilash bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.
🤝 O‘rganish jarayonida deputat Ishchi guruh a’zolari bilan birgalikda faoliyat rejasini muhokama qildi hamda tuman Kengashi kotibiyati tomonidan shakllantirilgan oilalar ro‘yxati asosida manzilli o‘rganish ishlarini olib bordi.
🏠 Jumladan, ijtimoiy reyestrda turuvchi Abdusattorova Gulbahor oilasining yashash sharoiti bilan yaqindan tanishildi.
🔎 O‘rganish davomida:
🔹 oilani kambag‘allikdan chiqarish imkoniyatlari;
🔹 daromadli mehnat bilan bandligini ta’minlash;
🔹 tibbiy, ta’lim va boshqa ijtimoiy xizmatlarga ehtiyojlari;
🔹 xonadonning sanitariya va obodonlashtirish holati;
🔹 tomorqa yer maydonidan samarali foydalanish imkoniyatlari;
🔹 mavjud daromad manbalarini kengaytirish masalalari
atroflicha ko‘rib chiqildi.
📋 Shuningdek, oila uchun belgilangan chora-tadbirlarning amaliy ijrosi tahlil qilinib, mavjud muammolarni bartaraf etish va oilaning daromad manbalarini kengaytirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.
🤝 Manzilli o‘rganish va deputatlik nazorati davom ettiriladi.

Slide 1 of 5