Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangiobod ko‘chasini asfaltlashtirish masalasi o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oila holati o‘rganildi
янв.21
Mahalladagi elektr simyog‘ochlari holati yuzasidan o‘rganish olib borildi
янв.21
Mahalla raisining faoliyati va hududdagi ijtimoiy holat o‘rganildi
янв.21
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob olindi
янв.21
Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik jamg‘armasi mablag‘larini ajratish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Aholi murojaatlari bilan ishlash holati va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Hududni ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha taklif o‘rganildi
янв.21
“Bo‘ston” mahallasida “Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Bo‘ston” mahallasida ta’mirlangan yo‘llar holati o‘rganildi
Mahalla infratuzilmalarini rivojlantirish bo‘yicha takliflar o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq Kengash kotibiyati mudiri J.Sadirov tomonidan tumanning “Iskandar” mahallasida aholi ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan obyektlarni joylashtirish bo‘yicha taklif joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

🔵O‘rganish jarayonida mahalla raisi hamda mahalla faoli ishtirokida mahalla fuqarolar yig‘ini binosi, maktabgacha ta’lim tashkiloti, oilaviy shifokorlik punkti, umumta’lim maktabi, maishiy xizmat ko‘rsatish majmuasini tashkil etish bo‘yicha takliflar hamda ushbu obyektlarni joylashtirish bo‘yicha imkoniyatlar tahlil qilindi.

Taklif etilayotgan obyektlarning mahalla aholisi uchun amaliy ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi.

Xususan:
mahalla fuqarolar yig‘ini binosining mavjudligi aholi bilan ishlash, fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish va mahalladagi tashkiliy masalalarni samarali hal etish uchun qulay sharoit yaratishi;

maktabgacha ta’lim tashkiloti va umumta’lim maktabini tashkil etish esa hududdagi bolalarning ta’lim olishi uchun qulay sharoit yaratish, ularning ta’lim muassasalariga qatnashidagi masofani qisqartirish;

oilaviy shifokorlik punktini tashkil etish aholiga birlamchi tibbiy xizmatlarni yaqin hududda ko‘rsatish, ayniqsa, keksa fuqarolar, bolalar va tibbiy xizmatga ehtiyoji bo‘lgan aholi qatlami uchun qulaylik yaratish;

maishiy xizmat ko‘rsatish majmuasini tashkil etish bo‘yicha taklif ham aholi uchun kundalik xizmatlarni mahallaning o‘zida olish uchun imkoniyat yaratishi nuqtai nazaridan o‘rganildi.

🔵Deputat tanlangan yer maydonlarida belgilangan maqsadlarda foydalanish, obyektlarni joylashtirish masalasini mutasaddi tashkilotlar bilan kelishish va kelgusida zarur chora-tadbirlarni belgilash bo‘yicha takliflar bildirdi. O‘rganish yakunlari bo‘yicha mazkur masalalarni hal etish yuzasidan tuman hokimligiga deputatlik so‘rovi yuborish belgilandi.

Slide 1 of 9