Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
16-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotidagi shart-sharoitlar o‘rganildi
янв.21
16-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
Fuqaroga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy yordam holati o‘rganildi
янв.21
“Tug‘onboshi” mahallasida fuqaroning murojaati joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Fuqaroga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy yordam holati o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar qabuli davomida murojaatlar o‘rganildi
янв.21
Fuqarolarning ijtimoiy holati o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar qabuli davomida murojaatlar o‘rganildi
янв.21
Fuqaroga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy yordam holati o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar qabuli davomida ijtimoiy yordam ko‘rsatish holati o‘rganildi
#kunlik_ish_reja_ijrosi #deputat_faoliyati #savolnoma_asosida #24_ta_tavsiyalar_ijrosi


Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 23-“To‘xtamish” saylov okrugidan saylangan deputat Narmuratov Abdunazar Juraevich tomonidan “Qusharcha” mahalla fuqarolar yig‘inida deputatlik nazorati tadbiri o‘tkazildi.

O‘rganish davomida mahalladagi yoshlar yetakchisining belgilangan vazifalarni bajarishi, yoshlar bilan ishlash samaradorligi, ularning bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, yoshlarning muammolarini aniqlash va ularni hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha o‘rganildi.

Shuningdek, “Mahalla yettiligi” tizimi doirasida yoshlar yetakchisi va boshqa mas’ullar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning amaliy holati savolnoma asosida tahlil qilindi. Bunda yoshlarning murojaatlari bilan ishlash, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda bandligini ta’minlashga qaratilgan ishlarning natijadorligiga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish jarayonida mavjud muammolar va ularning kelib chiqish sabablari muhokama qilinib, yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, ishsiz yoshlarni aniqlash va ularni bandlikka yo‘naltirish, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda “Mahalla yettiligi” doirasidagi hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiya va vazifalar belgilandi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar deputatlik nazorati doirasida nazoratga olinib, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.

🤝 Yoshlar bilan tizimli ishlash, ularning tashabbus va imkoniyatlarini qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash hamda muammolarini o‘z vaqtida hal etish — mahalladagi muhim vazifalardan biridir.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 1