Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
16-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotidagi shart-sharoitlar o‘rganildi
янв.21
16-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
Fuqaroga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy yordam holati o‘rganildi
янв.21
“Tug‘onboshi” mahallasida fuqaroning murojaati joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Fuqaroga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy yordam holati o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar qabuli davomida murojaatlar o‘rganildi
янв.21
Fuqarolarning ijtimoiy holati o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar qabuli davomida murojaatlar o‘rganildi
янв.21
Fuqaroga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy yordam holati o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar qabuli davomida ijtimoiy yordam ko‘rsatish holati o‘rganildi
#Buni_bilasizmi
#Buni_bilasizmi
MAHALLIY KENGASH SESSIYASI KUN TARTIBI QANDAY SHAKLLANTIRILADI?


📌 “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunning 11-moddasiga muvofiq, mahalliy Kengash sessiyasi kun tartibi Kengash raisi, partiya guruhlari, doimiy komissiyalar hamda deputatlar tomonidan bildirilgan takliflar asosida shakllantiriladi.

🔹 Eng muhim va dolzarb masalalarni puxta tayyorlash maqsadida Kengash raisi tomonidan tegishli soha mutaxassislari va ekspertlar jalb etilgan holda ishchi guruh tashkil etilishi mumkin.
🔹 Ishchi guruh masalalarni tayyorlash jarayonida:
— saylovchilar;
— hokimlikning bo‘lim va boshqarmalari;
— korxona, tashkilot va muassasalar;
— nodavlat notijorat tashkilotlari;
— fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari
fikr-mulohazalarini inobatga oladi.
🔹 Sessiyada ko‘rib chiqiladigan masalalar dastlab tegishli doimiy komissiyalar tomonidan ko‘rib chiqiladi. Komissiyalar tomonidan tayyorlangan qaror loyihalari, kun tartibi va boshqa hujjatlar Kengash raisi hamda Kengash kotibiyati mudiriga taqdim etiladi.
🔹 Kun tartibi loyihasida har bir masalani ko‘rib chiqish navbati, masalani tayyorlash uchun mas’ul doimiy komissiya, ma’ruzachi va qo‘shimcha ma’ruzachilar, shuningdek zarur boshqa ma’lumotlar ko‘rsatiladi.

✅ Muhim: Sessiyaning kun tartibi mahalliy Kengash qarori bilan tasdiqlanadi.

📚 Manba: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 21-oktyabrdagi KQ-835-IV-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining namunaviy reglamenti”.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube
Slide 1 of 1