Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
16-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotidagi shart-sharoitlar o‘rganildi
янв.21
16-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
Fuqaroga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy yordam holati o‘rganildi
янв.21
“Tug‘onboshi” mahallasida fuqaroning murojaati joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Fuqaroga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy yordam holati o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar qabuli davomida murojaatlar o‘rganildi
янв.21
Fuqarolarning ijtimoiy holati o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar qabuli davomida murojaatlar o‘rganildi
янв.21
Fuqaroga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy yordam holati o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar qabuli davomida ijtimoiy yordam ko‘rsatish holati o‘rganildi
XURSHID MAHALLASIDA “MAHALLA YETTILIGI” FAOLIYATI YUZASIDAN TUSHUNTIRISH ISHLARI OLIB BORILDI

#deputatlik_faoliyati_Uchtepa #mahalla_yettiligi

XURSHID MAHALLASIDA “MAHALLA YETTILIGI” FAOLIYATI YUZASIDAN TUSHUNTIRISH ISHLARI OLIB BORILDI

🇺🇿 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Muxtor Ilhomov o‘zi saylangan 23-saylov okrugiga qarashli “Xurshid” mahallasida “Mahalla yettiligi” vakillari va mahalla faollari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati mudiri Anvar Usmanov ham ishtirok etdi.

📇 Ochiq muloqot shaklida tashkil etilgan tadbirda “Mahalla yettiligi”ning mahalladagi faoliyati, aholi bilan ishlash tizimi hamda o‘ziga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish borasida olib borayotgan ishlari muhokama qilindi.

🗣 Shuningdek, mahalla fuqarolariga “Mahalla yettiligi” a’zolarining vazifalari va vakolatlari, ularning yoshlar va aholi bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, murojaatlarni ko‘rib chiqish hamda hududdagi dolzarb masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etishdagi roli yuzasidan tushuntirishlar berildi.

🤝 Uchrashuv davomida mahalladagi mavjud masalalarni barvaqt aniqlash, ularni manzilli o‘rganish va amaliy yechimga yo‘naltirishda “Mahalla yettiligi” vakillarining o‘zaro hamkorligini kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

🧠 Tadbir yakunida mahalla faollari bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash, aholining murojaat va takliflarini e’tibordan chetda qoldirmaslik hamda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha fikr almashildi.

Slide 1 of 8