Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangiobod ko‘chasini asfaltlashtirish masalasi o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oila holati o‘rganildi
янв.21
Mahalladagi elektr simyog‘ochlari holati yuzasidan o‘rganish olib borildi
янв.21
Mahalla raisining faoliyati va hududdagi ijtimoiy holat o‘rganildi
янв.21
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob olindi
янв.21
Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik jamg‘armasi mablag‘larini ajratish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Aholi murojaatlari bilan ishlash holati va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Hududni ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha taklif o‘rganildi
янв.21
“Bo‘ston” mahallasida “Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Bo‘ston” mahallasida ta’mirlangan yo‘llar holati o‘rganildi
Kotib

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati, O‘zXDP a’zosi Gulchexra Axmedova “Alisherobod” mahallasida sayyor qabul o‘tkazdi.

Qabulda Mirzo Ulug‘bek tumani hokimining birinchi o‘rinbosari A.Gulyamov hamda “O‘zsanoatqurilishbank” ATB mas’ullari ishtirok etib “Alisherobod” mahallasida Ijtimoiy himoya yagona reyestrida ro‘yxatda turuvchi fuqarolar bilan uchrashdi.

Uchrashuvlarda oilalarning ijtimoiy holati, daromad manbalari va turmush sharoitlari atroflicha o‘rganildi. Muloqotlar davomida kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash hamda oilalar daromadlarini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Fuqarolarning murojaatlari, muammo va takliflari tinglanib, ularni ishga joylashtirish, moddiy yordam ko‘rsatish hamda ijtimoiy masalalar yuzasidan huquqiy maslahatlar berildi.

Shuningdek, har bir murojaat bo‘yicha mas’ullar biriktirilib, muammolarni ijobiy hal etish yuzasidan tegishli topshiriqlar belgilab olindi.

Slide 1 of 3