Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Kengash_faoliyati

#ekspert_guruhi
#kunlik_ish_reja_ijrosi
#deputat_faoliyati
#162_ta_qonun

Bandixon tumanida “Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi Qonuni

Bandixon tumanida aholining huquqiy savodxonligini yuksaltirish, ijtimoiy ehtiyojmand fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda sohaga oid qonunchilik hujjatlarining amaldagi ijrosini ta’minlash borasida tizimli huquqiy-targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashi deputati X.Abdimo'minov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi E.Eshonqulov tuman Adliya bo‘limi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasining “Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi O‘RQ–848-son Qonuni mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan uchrashuv va maslahatlashuv o‘tkazdilar.

Tadbir davomida qonunda belgilangan fuqarolarning ayrim toifalariga davlat hisobidan bepul yuridik yordam ko‘rsatish tartibi, advokat tayinlash va odil sudlovga erishish kafolatlari tushuntirildi.

Muloqot yakunida fuqarolarga bepul yuridik ko‘mak olish mexanizmlari bo‘yicha tegishli tavsiya va huquqiy tushuntirishlar berildi.

Slide 1 of 1