Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
16-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotidagi shart-sharoitlar o‘rganildi
янв.21
16-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
Fuqaroga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy yordam holati o‘rganildi
янв.21
“Tug‘onboshi” mahallasida fuqaroning murojaati joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Fuqaroga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy yordam holati o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar qabuli davomida murojaatlar o‘rganildi
янв.21
Fuqarolarning ijtimoiy holati o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar qabuli davomida murojaatlar o‘rganildi
янв.21
Fuqaroga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy yordam holati o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar qabuli davomida ijtimoiy yordam ko‘rsatish holati o‘rganildi
Umumta’lim maktabini kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston liberal demokratik partiyasidan saylangan deputat A.Kulbayevga biriktirilgan kotibiyat mudiri J.Sadirov tomonidan tumanning “Qoramozor” mahallasida joylashgan 24-sonli umumta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

🔵O‘rganish davomida ta’lim muassasasida o‘quvchilar va pedagog xodimlar uchun sovuq mavsumda zarur sharoitlarni yaratish, binolarni issiqlik bilan ta’minlash, mavjud qozonxonalar va isitish tizimlarining texnik holati, shuningdek, yoqilg‘i zaxirasining shakllantirilganligiga alohida e’tibor qaratildi.

🔵Xususan, maktabda mavjud qozonxonalarning holati ko‘zdan kechirilib, ular soz holda ekani aniqlandi. Qozonxonalarning mavsum davomida belgilangan tartibda ishlashi uchun zarur sharoitlar mavjudligi qayd etildi. Shuningdek, maktab binosidagi issiqlik tizimlari ham ishchi holatda bo‘lib, sovuq kunlarda o‘quv xonalari va boshqa zarur binolarni isitish imkoniyati mavjudligi ma’lum bo‘ldi.

🔵Kuz-qish mavsumini barqaror o‘tkazishda maqsadida mavjud yoqilg‘i zaxirasidan oqilona va samarali foydalanish, ko‘mirni belgilangan tartibda saqlash, uni namlik va yog‘ingarchilikdan himoya qilish, qozonxonalarning ish jarayonini muntazam nazorat qilish masalalariga ham e’tibor qaratildi.

🔵Maktab mas’ullariga kuz-qish mavsumi davomida issiqlik ta’minotida uzilishlarga yo‘l qo‘ymaslik, qozonxonalar va isitish tizimlarini doimiy nazoratda ushlash hamda zarur hollarda profilaktik-texnik xizmat ko‘rsatish ishlarini o‘z vaqtida amalga oshirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 5