Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
16-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotidagi shart-sharoitlar o‘rganildi
янв.21
16-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
Fuqaroga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy yordam holati o‘rganildi
янв.21
“Tug‘onboshi” mahallasida fuqaroning murojaati joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Fuqaroga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy yordam holati o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar qabuli davomida murojaatlar o‘rganildi
янв.21
Fuqarolarning ijtimoiy holati o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar qabuli davomida murojaatlar o‘rganildi
янв.21
Fuqaroga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy yordam holati o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar qabuli davomida ijtimoiy yordam ko‘rsatish holati o‘rganildi
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#Tashkilot_bilan_hamkorlik
#Sessiya_oldi_o'rganish
#Haftalik_ish_reja_ijrosi
❄️ Maktablarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi nazoratda


Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 8-Mehnatobod saylov okrugi deputati S. Irisov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi S. Safarov “Mehnatobod” mahallasidagi 19-son umumta’lim maktabida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlarini ko‘zdan kechirdilar.

🔎 Asosiy e’tibor ta’lim muassasasining 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga qay darajada tayyor ekaniga qaratildi. Jumladan:

🔹 isitish tizimlarining texnik holati;
🔹 mavjud jihozlarning sozligi;
🔹 yoqilg‘i zaxirasining yetarliligi;
🔹 bino va inshootlarning mavsumga tayyorgarlik darajasi ko‘rib chiqildi.

🌡 Sovuq kunlarda o‘quvchilar va pedagoglar uchun munosib sharoit yaratish, isitish tizimlarining uzluksiz ishlashini ta’minlash hamda mavsum davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarning oldini olish masalalari ham muhokama qilindi.

📋 O‘rganish yakunida aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi. Mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda tayyorgarlik ishlarini belgilangan muddatlarda yakunlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.

🏫 Maqsad — qish mavsumida ta’lim jarayonining uzluksizligi va o‘quvchilar uchun qulay sharoitni ta’minlash.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 3